— Ota-bobolarimiz aytishardi: “Qurigan daraxtni kesib tashlanglar, bexosiyat bo'ladi”, deb. Rostan shundaymi? Bunga dalil bo'luvchi biror hadis bor-mi?
— Musulmon odamning shumlanishi mumkin emas. Shumlanish borasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zlarining muborak hadisi shariflarida bunday deganlar: "Uch narsadan mening ummatim hanuz qutula olmaydilar. Bu — hasad, badgumonlik, va irim"
Shu narsalardan qutilish yo'li shuki, hasad qilsangiz, zulmga o'tmang. Gumonu-shubha qilsangiz, uni haqiqat hisob qilib, unga asosan ish tutmang. Biror irim qilinadigan narsaga duch kelsangiz, Alloh taologa tavakkul qilib, yo'lingizda va ishingizda davom etib ketavering!”.
“Qurigan daraxt xosiyatsiz bo'ladi” degan gap yo'q.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Alloh azza va jalla (farishtalarga) aytadi: «Bandam biror yomonlikka shaylansa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta yomonlik yozinglar. Agar biror yaxshilikka shaylansa-yu, uni qilmasa, bitta yaxshilik deb yozinglar. Agar uni qilsa, o‘nta (yaxshilik) yozinglar» (Imom Muslim rivoyati).