Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2025   |   24 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:41
Bismillah
20 Iyun, 2025, 24 Zulhijja, 1446

2. BAQARA SURASI, 204–207 OYaTLAR

14.11.2020   14260   9 min.
2. BAQARA SURASI, 204–207 OYaTLAR

وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُعۡجِبُكَ قَوۡلُهُۥ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَيُشۡهِدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا فِي قَلۡبِهِۦ وَهُوَ أَلَدُّ ٱلۡخِصَامِ٢٠٤

204. (Ey Muhammad), odamlarichidashundaylarihamborki, uningdunyohayotidagigaplarisizgaajibtuyuladi. UIslomgaashaddiyxusumatdabo'lganiholdadilidaginarsagaAllohniguvohqiladi.

Alloh taolo Payg'ambariga xitob qilib aytyaptiki, odamlar ichida shundaylari bor: ularning dunyodagi gaplari sizga ajablanarli tuyulishi mumkin. Bundaylarning siz olib kelgan dinga xusumat va dushmanliklari shunchalar qattiqki, ular dilidagi narsaga Parvardigoringizni guvoh qiladi. Ato roziyallohu anhu: "Oyatdagi "an-nas" so'zi "al-hayvon" ma'nosida", degan (Buxoriy rivoyati). Mazkur oyati karimada zikr etilgan shaxs Axnas ibn Shurayq as-Saqafiy ismli bir munofiq edi. U Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va boshqa musulmonlar huzurida Islomga kirib, o'zining imoni mustahkam ekani haqida juda ajoyib gaplarni gapirib, hammani ishontiradi. Musulmonlar oldidan chiqib, o'z qabilasiga qaytib ketayotganida esa, musulmonlarga qarashli dalalarga o't qo'ydi, ularga tegishli tuyalarni so'yib tashladi. Bunday kimsalarning Islom diniga va musulmonlarga qattiq xusumati Alloh taolodan aslo yashirin qolmaydi. Hazrati Oisha roziyallohu anho: "Payg'ambar alayhissalom: "Alloh eng yomon ko'radigan odam adovati qattiq kishidir", deganlar (Buxoriy rivoyati).

وَإِذَا تَوَلَّىٰ سَعَىٰ فِي ٱلۡأَرۡضِ لِيُفۡسِدَ فِيهَا وَيُهۡلِكَ ٱلۡحَرۡثَ وَٱلنَّسۡلَۚ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلۡفَسَادَ٢٠٥

205. Uyuzo'girganidanso'ngYeryuzidabuzg'unchilikhamdaekinvanasllarnihalokqilishmaqsadidaharakatqiladi. Allohesabuzg'unchilikniyomonko'radi.

Axnas kabi munofiq kimsalar har qadamda musulmonlarga biror zarar etkazish payidan bo'ladi: ularning ekinzorlarini payxon qilib, dalalariga o't qo'yadi, hayvonlarini yoki bola-chaqalarini o'ldiradi, yurtlarini vayron qiladi. Ana shunday yovuzliklar va fitnalar qilish uchun chor atrofga zir yuguradi. Ammo Alloh taolo buzg'unchilikni yomon ko'rgani uchun ularning bu zulm va kirdikorlariga yarasha jazolarini beradi. Mo'min doimo uzr istaydi, munofiq esa, ayb istaydi. Mo'min barcha xaloyiqqa nisbatan ko'ngli pok bo'ladi. Munofiq esa, uning teskarisi bo'ladi. Hech bir kishini Alloh taolo ikki qalbli qilib yaratgan emas, ya'ni, kishi bir paytning o'zida ham dinli, ham dinsiz bo'la olmaydi. Bir qalbga bir narsa sig'adi: yo imon yoki kufr yoxud nifoq. Ochiq inkorchi kofir deyiladi, tashi boshqa, ichi boshqa odam munofiqdir. Oxirat kunida hamma odamlar qayta tirilishiga, bu dunyoda qilgan amallarining har zarrasi uchun mukofot yoxud jazo olishiga ishonmagan odamdan yaxshilik chiqishi, ahdiga vafo qilishi qiyin ish. Bu haqiqatni musulmonlar yaxshi tushunib olishgan. Dinsiz, ixlossiz, fisqu fujurga berilgan, yolg'onchi, ibodatsizlarni gap-so'zi, yurish-turishidan bilib olsa bo'ladi.

وَإِذَا قِيلَ لَهُ ٱتَّقِ ٱللَّهَ أَخَذَتۡهُ ٱلۡعِزَّةُ بِٱلۡإِثۡمِۚ فَحَسۡبُهُۥ جَهَنَّمُۖ وَلَبِئۡسَ ٱلۡمِهَادُ٢٠٦

206. Unga "Allohdanqo'rq!" deyilganidahamg'ururigunohgaboshlayveradi. Ungajahannamkifoyadir, unihoyatdayomonjoydir.

Bu munofiqning holati bo'lib, u tashida xushomad bilan har so'ziga Hudoni guvoh qiladi va: "Mening dilimda ham Islomga muhabbat bor", deydi. Munofiq goh imonga, goh kufrga yaqinlashib turadi. Torozi pallasi imon tarafga bosib qolsa, imonga yaqinlashadi, kufr tarafiga og'sa, u ham kufrga yaqinlashadi. Munofiqqa va'z-nasihat qilsang, qulog'iga ilmaydi. Allohni eslatsang, kibr ila o'zini yuqori tutadi. Gunohi, xatosi va kamchiliklari bilan gerdayadi, Allohdan uyalmaydi ham. Holbuki, kunda-kunora: «Yuragimdagi narsaga Alloh guvoh!» deb qasam ichadi. Munofiq kofirdan ham yomon. Shuning uchun munofiq do'zaxning eng chuqur eriga tashlanadi. Munofiqning Islomga dushmanligi boshqalarnikidan qattiqroqdir, iloji bo'lsa, hamma yoqda buzg'unchilik qilib, Yer yuzidagi ekinlarniyu va inson hamda hayvon nasllarini yo'q qilib tashlasa! Bundaylarga nasihat qilinsa, uning ziddiga ish tutadi. Saodat asrida yashagan Axnas ismli o'sha munofiqda yuqoridagi sifatlarning hammasi mavjud edi. Bu kimsa Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan xuddi shunday muomala qilar edi.

وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشۡرِي نَفۡسَهُ ٱبۡتِغَآءَ مَرۡضَاتِ ٱللَّهِۚ وَٱللَّهُ رَءُوفُۢ بِٱلۡعِبَادِ٢٠٧

207. OdamlarorasidaAllohroziligiuchunjonlarigachatikadiganlarihambor. Allohbandalargamehribondir.

Bu komil mo'minlar sifatidir, ular Alloh roziligi yo'lida, kerak bo'lsa, jonlarini ham qurbon qilishga tayyor turishadi. Mufassirlar ushbu oyati karima hazrati Aliy ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu haqida nozil bo'lgan, deyishadi. Payg'ambarimizning amakivachchalari va kuyovlari bo'lgan bu zot yosh bo'lishlariga qaramay, Islomni birinchilardan bo'lib qabul qilganlar va umrlari oxirigacha shu dinning ravnaqi yo'lida fidokorlik ko'rsatganlar. Hazrati Aliy Tabuk g'azotidan boshqa barcha g'azotlarda Payg'ambar alayhissalom bilan birga bo'ldilar. Tabuk g'azotida esa Payg'ambarning o'zlari hazrati Alini Madinada amir qilib qoldirgan edilar. Alining boshlaridan ko'p sinovlar o'tgan, ko'plab g'azotlarda bayroqdor bo'lganlar, Islom dushmanlariga qarshi mardona jang qilganlar. Aliy ibn Abu Tolib tirikligida jannat bashorati berilgan o'n saodatmand sahobaning (asharai mubashsharaning) biri edilar. Oltmish uch yoshlarida xavorijlar qo'lida halok bo'lganlar.

Boshqa ba'zi mufassirlar esa bu oyat Suhayb Rumiy ismli sahobiy haqida nozil bo'lgan, deyishadi. Suhayb Makkadan Madinaga ketayotganida yo'lda uni Quraysh odamlari ta'qib qilishdi. U tuyasidan tushdi va o'qdoniga ishora qilib: "Ey Quraysh jamoasi, mening kamonda otishga qanchalik mohir ekanimni yaxshi bilasizlar, barcha o'qlarimni otib bo'lgunimcha ham menga birorta o'q tekkizolmaysiz. Yaxshisi, meni o'z holimga qo'ying, Makkada qoldirgan barcha mollarimning turgan erini sizlarga aytib beray", dedi. Quraysh jamoasi rozi bo'ldi. Suhayb Madinaga eson-omon etib kelganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Suhayb tijoratda katta foyda qildi" deb bashorat berdilar" (doktor Abu Halil Shavqiy. "Atlasul-Qur'an", Bayrut, 2001 yil, 312-bet).

Tafsiri irfon
Boshqa maqolalar

Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor!

04.06.2025   10938   1 min.
Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor!

#xabar #haj2025

Bugun kechqurun 15 ming o‘zbekistonlik ziyoratchilar Makkai mukarramadagi mehmonxonalardan haj ibodatining asosiy amallarini bajarish uchun Mino vodiysiga yo‘l oladilar. 
 

Aytish joizki, bugungi kungacha O‘zbekiston ishchi guruhi vakillari tomonidan ziyoratchilarimiz ulug‘ ibodatni bekamu ko‘st ado etishlari uchun Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylarida barcha shart-sharoitlar to‘liq tayyor holatga keltirilgan. 


Ayni maqsadda ishchi guruhi va shifokorlarning ma’lum a’zolari mazkur muborak vodiylarda bir muddat oldin borib, ziyoratchilarimizni kutib olishga shay bo‘lib turibdilar. 


Xususan, bu yil, O‘zbekiston tomonining talabiga muvofiq, Arafot hududidagi chodirlar yopiq tarzda barpo etildi. Ularning atrofi issiq o‘tkazmaydigan panellar bilan o‘ralgan, sovutish tizimi o‘rnatilgan, gilam va to‘shaklar solingan. Bu hozirgi yoz kunlarida ziyoratchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.  
 
Shuningdek, barcha sharoitlarga ega tibbiyot markazlari, 3 mahal issiq ovqat va 24 soat davomida choy va salqin ichimliklar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi. Arafotda Muzdalifada foydalanish uchun hojilarga maxsus to‘shak va soyabonlar tarqatish rejalashtirilgan.


Ayni paytgacha soha rahbarlari tomonidan ishchi guruhi a’zolari, ellikboshilar va shifokorlar jamoasiga haj jarayonlarini namunali boshqarish, belgilangan tartiblarga rioya etish va shar’iy masalalar haqida batafsil tushuntirildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor!