{uz/watch/EDmxU57m/?start=4{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4remote}{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4remote}remote}remote}{uz/watch/EDmxU57m/?start=4{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4remote}remote}EDmxU57m/?start=4remote}https://mover.uz/watch/EDmxU57m/?start=4{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4remote}{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4remote}remote}{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4remote}{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4{/uz/watch/EDmxU57m/?start=4remote}remote}remote}
Atrofga nazar tashlagan kishi, xar turli insonlarni ko'radi. Ularning tushunchalari ham xar hil, dunyo qarashlari ham bir birlarinikidan farqli. Qayergadir shoshiladilar, nimalarnidir amalga oshirishga oshiqadilar. Muvoffaqiyatlari haqida to'lqinlanib so'zlaydilar, tashvishlari haqida kuyinib gapiradilar. Bularning hammasi harakatda ekanliklariga dalolat qiladi. Ammo muhimi bu emas, muhimi shuki, inson o'zini xoliqini tanib, uni amrlariga bo'ysunib, qaytariqlaridan tiyilib, gunoh ishlardan o'zini va ahli baytini saqlab yashab o'tmoqligidir. Shunda u eng avvalo o'ziga va oilasiga va qolaversa, butun jamiyatga foydasi tegib yashaydi. Bundaylar ormizda ko'p, albatta. Biz shundaylarni
falonchi taqvodor kishi deymiz. Taqvo o'zi nima?. Arab tilidagi تقوى lafzini lug'oviy ma'nosi; saqlanmoq, tiyilmoq degan ma'nolarni anglatadi. Istilohiy ma'nosi esa, Allohdan qo'rqmoq, Allohni g'azabini keltiradigan ishlardan tiyilmoq, gunoh bo'ladigan ishlardan saqlanmoq demakdir.
Alloh taa'lo kalomi Qur'oni karimda: يأيها الذين ءامنوا اتقوا االله " "
Ey imon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar deb marhamat qildi. Allohga taqvo qilish undan qo'rqishdir. Gunoh bo'ladigan ishlardan tiyilish va savob bo'ladigan ishlarni ko'proq qilishdir. Baqara surasining 2- oyatining tafsirida quyidagi rivoyat keltiriladi. (Ibn Kasir ) Umar ibn Hattob roziyallohu anhu Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhudan, taqvo haqida so'radilar. Shunda Ubay ibn Ka'b, Hazrati Umarga: Ey Umar r.a. Siz biror marta bo'lsa ham tikanakli o't (yantoq) ustida yalang oyoq yurganmisiz? dedilar, Ha yurganman, qanday yurgansiz?. Pochamni shimarib, ehtiyot bo'lib, oyog'imga tikanak kirib ketmasin, og'ritmasin deb, sakrab - sakrab yurganman dedilar. Shunda Ubay ibn Ka'b: فذلك التقوى - Mana shu taqvo dedilar. Bu dunyo shunaqa tikanaklardan iborat, xar-xil qiyinchiliklardan iborat, sinovlardan iborat. O'shalardan ehtiyot bo'lib o'tish, gunohlardan sakrab- sakrab o'tish, Allohni g'azabini keltiradigan ishlardan tiyilish bu taqvodir. Yana Alloh taa'lo kalomida marhamat qiladi:
إن الله خبير بما تعملون" يأيها الذين ءامنوا اتقوا الله ولتنظر نفس ما قدمت لغد واتقوا االله"
Ey imon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar, har bir jon egasiertangi kunga nimani hozirlab qo'ydi, bir nazar tashlasin. VaAllohga taqvo qilinglar, albatta Alloh taa'lo qilayotganamallaringizdan xabardordir. (Hashr surasi 18- oyat). Ey imon keltirganlar deb, Alloh taa'lo o'ziga imon keltirganlarga xitob qilmoqda, Allohga iymon keltirgan degani, qiyomat kuniga va hisob kitobga, jannat va do'zaxga, musulmon kishi imon keltirishi kerak bo'lgan barcha narsalarga imon keltirgan deganidir. Shunday ekan ertangi kun nima? Ertangi kun qiyomat kuni, hamma bandalar qilgan
amallariga hisob - kitob qilinadigan kunga qanday hozirlik ko'rib qo'ygan, shularga bir nazar tashlab qo'ysin deb marhamat qilmoqda.
Oyatida Alloh taa'lo yana ikkinchi bor وتقوا الله - Allohga taqvo qilinglar deb marhamat qildi. Albatta Alloh taa'lo qilayotgan amallaringizdan xabardordir. U shunday xabardorki, qop-qora tunda, qop-qora toshni ustida, qop-qora qumursqa o'rmalab ketayotgan bo'lsa, o'shandan ham xabardordir deganidir.
Alloh taa'lo kalomida: إن أكركم عند الله أتقاكم " " Allohning huzuridaeng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir, deb marhamat qildi. (Hujurot surasi, 13- oyat).
Bu haqda Payg'ambarimiz alayhissolatu vassallamdan ko'plab hadislar kelgan.
عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم "إن الله لا ينظر إلى صوركم و أموالكم ولكن ينظر إلى قلوبكم وأعمالكم" ( رواه مسلم)
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda," Albatta, Alloh suratlaringizga va molu dunyolaringizga qaramaydi, balki qalbingiz va amalingizga qaraydi". deyildi.
Payg'ambarimiz alayhissalom Abu Zarr G'iforiy roziyallohu anhuga: "Nazar sol, sening agar taqvoda ortiqliging bo'lmasa, qizildan ham, qoradan ham yaxshi emassan", deganlar.
عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: سئل رسول الله صلي الله عليه وسلم أي الناس أكرم ؟ قال
" أكرمهم عند الله أتقاهم "
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilindi. Rosuvlulloh sollallohu alayhi vasallamdan: Eng hurmatli odam kim? deb so'raldi. Ularning eng hurmatlisi ularning eng taqvodorrog'idir, dedilar.
Yana boshqa hadisda:
على أحد إلا بالتقوى " " قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : المسلمون أخوة لا فضل لأحد
Rosuvlulloh sollalohu alayhi vasallam: Musulmonlar birodardirlar. Birortasini birortasiga afzalligi yo'q, faqatgina taqvo bilandir.
Rosuvlulloh aytganlaridek, kimda kim bu dunyoda hurmatli bo'lishni , oxiratda esa, yaxshi manzilga ega bo'lishni xoxlasa, taqvo qilsin.
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : من سره أن يكون أكرم الناس فليتق الله " "
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : Odamlarning eng hurmatlisi bo'lish kimni quvontirsa, taqvo qilsin, dedilar.
Kim xoxlamaydi dunyoda hurmatli va oxiratda obro'li va sharafli bo'lishni.
Alloh taa'lo kalomi Qur'onda:
ومن يتق الله يجعل له مخرجا ويرزقه من حيث لا يحتسب " "
Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo'lini ochib qo'yur va unga o'zio'ylamagan tarafdan rizq berur. (Taloq surasi, 2-3-oyatlar).
Demak, kim taqvo qilsa deyilmoqda, sharti taqvo qilish ekan.
Agar taqvo qilsa, uni boshiga tushgan mushkilotdan chiqib ketish uchun yo'l topib beradi va shu bilan birga uni xayoliga kelmagan tomondan unga rizq berib qo'yadi.
Bir kuni Ibn Abbosni oldilariga sahobalardan birlari: ey Ibn Abbos , ey Ibn Abbos deb baqirib, dod - voy solib keldi. Nima gap? dedilar. Endi nima bo'ladi?, endi nima bo'ladi?, deb baqirardi. Gapirsangchi nima gap? o'zi dedilar. Men ayolimni uch taloq qilib qo'ydim, uch taloqsan deb aytdim, endi nima bo'ladi ? bir yo'lini topib bering dedi. Shunda Ibn Abbos biroz o'ylab turdilarda, bas qil, bor ket xotining taloq bo'libdi, Qur'onda Alloh taa'lo:
ومن يتق الله يجعل له مجرجا ya'ni, kim Allohga taqvo qilsa, uning yo'lini ochib qo'yadi, uni boshiga tushgan mushkilotdan chiqish yo'lini topib beradi deganku. Senga yo'l topilmadi, sen taqvo qilmabsan, bor ket dedilar. Ana shulardan ham ko'rinib turibdiki, hamma holatlarda sharti, taqvo qilish ekan, shundagina boshga tushgan mushkilotlardan xolos bo'lamiz.
Alloh taa'lo Baqara surasining 282- oyatida marhamat qilib:
واتقوا االله ويعلمكم الله " " Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradi. dedi. (Baqara surasi, 282-oyat). Demak ilmli – ma'rifatli bo'lish uchun ham taqvo qilishga buyurilmoqdamiz. Chunki ilm bu nur, Alloh taa'lo nurini hammaga ham beravermaydi, Demak, taqvo bu gunoh ishlardan tiyilish, Allohni g'azabini keltiradigan ishlardan saqlanish va savobli ishlarni ko'paytirish elimiz va yurtimiz farovonligi yo'lidagi faoliyatimiz bo'ladimi, jamiyat taraqqiyoti yo'lidagi mehnatimiz bo'ladimi va oilamiz obod bo'lishi uchun bo'ladimi, hamma – hammasi ezgu amallar hisoblanadi. Biz bandalarning har bir qiladigan amalimiz xox u katta bir amal bo'lsin xox u kichkina bir amal bo'lsin, hammasi uchun ajr – savob bor, agar solih amal bo'lsa. Bordiyu gunoh amallar bo'ladigan bo'lsa, ularga ham jazo olishimiz muqarrardir. Bu amallar bilan banda taqvodor banda hisoblanadi. Taqvodor banda esa, dunyo va oxirat saodatiga erishadi va baxtli bo'ladi. Alloh taa'lo hammalarimizni shunday buyuk sharafga erishmoqligimizni nasib qilsin.
Toshkent islom instituti o'qituvchisi: Yuldashev Izzatilla.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.
Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.
Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.
Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.
Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.
Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:
“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).
Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.
Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!
Zayniddin domla ESHONQULOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari