15 ta davlatdan 250 nafar musulmon etakchidan iborat “Rahmon mehmonlari” dasturining Umra ziyoratchilarining ikkinchi guruhi Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da'vat va irshod vazirligi taklifiga binoan Madinaga etib keldi.
“IQNA”ning “Al-Ahram” nashriga tayanib xabar berishicha, “Rahmon mehmonlari” dasturida ishtirok etgan “Baytulloh” ziyoratchilarining ikkinchi va oxirgi guruhi 4 fevral' kuni Madinaga tashrif buyudi. Mazkur dastur Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da'vat va irshod vazirligi tomonidan tashkil etildi.
Ushbu dasturning yakuniy mehmonlari guruhi Yevropa va Janubiy Amerika qit'alarining 15 mamlakatidan 250 ta taniqli Islom arboblari, jumladan, Bosniya va Gertsegovina, Albaniya, Kosovo, Makedoniya, Horvatiya, Sloveniya, Chernogoriya, Serbiya, Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya, Polsha, Buyuk Britaniya, Braziliya va Argentinadan kelgan mehmonlar jamoasidan iborat bo'ldi.
Ushbu dastur mehmonlari Madinada bo'lishi davomida umra marosimlarini bajarishdan tashqari Qubo masjidini ziyorat qilish, Madinaning tarixiy va madaniy joylariga tashrif buyurishadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Ayol-qizlarning har tomonlama bilim egallashi har bir davrda dolzarb hisoblangan. Zero, ular ertaning egalari bo‘lgan kelajak avlodning tarbiyachilaridir.
Shahrimizdagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti bugungi kunda muhim ahamiyatga ega dargoh hisoblanadi.
Bugun, 15-may Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurib, ilm olayotgan qizlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.
Tadbir yakunida islom bilim yurti uchun konditsioner va elektrodoska taqdim etildi. Yaxshi tilaklar va xayrli duolar bilan uchrashuv yakunlandi.
MuslimShosh.uz