۞لَّيۡسَ ٱلۡبِرَّ أَن تُوَلُّواْ وُجُوهَكُمۡ قِبَلَ ٱلۡمَشۡرِقِ وَٱلۡمَغۡرِبِ وَلَٰكِنَّ ٱلۡبِرَّ مَنۡ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ وَٱلۡكِتَٰبِ وَٱلنَّبِيِّۧنَ وَءَاتَى ٱلۡمَالَ عَلَىٰ حُبِّهِۦ ذَوِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَٱلۡيَتَٰمَىٰ وَٱلۡمَسَٰكِينَ وَٱبۡنَ ٱلسَّبِيلِ وَٱلسَّآئِلِينَ وَفِي ٱلرِّقَابِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلۡمُوفُونَ بِعَهۡدِهِمۡ إِذَا عَٰهَدُواْۖ وَٱلصَّٰبِرِينَ فِي ٱلۡبَأۡسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ وَحِينَ ٱلۡبَأۡسِۗ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُواْۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُتَّقُونَ١٧٧
177. Yuzingiznimashriqyokimag'ribgaburishingizginayaxshilikemas, Allohga, qiyomatkuniga, farishtalarga, kitoblarga, payg'ambarlargaimonkeltirgan, o'ziyaxshiko'rganmoliniqarindoshlarga, etimlarga, miskinlarga, musofirlarga, so'rovchilarga, qullarniozodqilishgaberadigan, namozniadoqiladigan, zakotniberadigan, ahdlashgandavafoqiladigan, qiyinchilikvamuhtojlikda, musibatetganidasabrqiladiganlaryaxshilardir. Anashularsiddiqdirlar, anashulartaqvolilardir.
Yuzni mashriq yoki mag'rib tomonga (qiblaga) yo'naltirib, ibodat qilishlarning o'zigina yaxshilik sanalmaydi. Ushbu oyati karimada Alloh taolo yaxshi insonlarning (abrorlarning) bir necha sifatlarini zikr etmoqda. Ularning eng birinchi fazilati albatta imonli bo'lishlaridir. Allohga, qiyomat kunining kelishiga, Allohning farishtalariga, nozil qilgan kitoblariga, yuborgan payg'ambarlariga imon keltirgan mo'minlargina yaxshi sanaladi. Insoniyat baxtu saodati yo'lida har qancha ulkan yaxshiliklar qilmasin, buyuk kashfiyotlar va ixtirolarni o'ylab topmasin, kishida imon bo'lmasa, uning yaxshiliklari sariq chaqa kabi qadr topmaydi, savob berilmaydi. Mo'minlarning keyingi fazilatlariga saxovatpeshalik, insonparvarlik kiradi: ular eng yaxshi ko'rgan mollaridan qavmi-qarindoshlariga, etimlarga, kambag'al-bechorahol kishilarga, safarda qiynalib qolgan musofirlarga, tilanchi-so'rovchilarga, qullarni ozod qilish uchun ehson qilishsa, ulkan ajr-savoblarga sazovor bo'lishadi. Yana chin mo'minlar namozlarini o'z vaqtida, barcha arkonlarini o'rniga qo'yib ado etishadi, zakotlarini Alloh buyurgan egalariga berishadi, ahdlashishsa, albatta vafo qilishadi, boshlariga har qanday qiyinchilik va mashaqqat kelsa, chiroyli sabr qilishadi. Ana shunday insonlargina sodiq mo'min va chin taqvoli sanalishadi, ular mo'minliklari uchun ham Allohdan qo'rqishadi, gunohlardan tiyilishadi, Parvardigorning amr-farmonlarida qoim turishadi.
Ilohiy ma'lumotlarga chin dildan ishonib, hech ikkilanmay tasdiq etuvchi va amal qiluvchi, tili bilan dili bir zotlar «siddiq» deb ataladi. Ularning oxiratdagi darajasi rasullar va shahidlar qatorida turadi. Islom tarixida bu sharafga birinchi bo'lib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg'ambarliklarini, me'rojga chiqqanlarini hech taraddudlanmay tasdiq etgan ulug' sahobiy, Islom davlatining ilk xalifasi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu erishganlar. Taqvodorlar esa Alloh taolodan qo'rquvchi, U Zot taqiqlagan ishlardan chetda bo'luvchi, qabohat va karohiyatli narsalardan hazar qiluvchi kishilardir. Allohning uqubati va azoblaridan saqlanish uchun Uning buyruqlarini bajarish, qaytariqlaridan chetlanish «taqvo» deyiladi. Taqvo Alloh taolodan qo'rqish, harom va shubhali narsalardan tiyilishdir. Bunday xislat sohibi taqvodor (muttaqiy) sanaladi. Taqvodor kishi ishonchli sanaladi, undan hech kim ziyon ko'rmaydi. Islomda barcha insonlar biri-biri bilan tengdir, ular faqat taqvolari bilan ajralib turishadi. Qur'oni karimda: «Allohnazdidasizlarningenghurmatlirog'ingiztaqvodorrog'ingizdir», deyilgan.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Bir g‘aroyib ilmiy tadqiqotda olimlar soliha xotinning uydagi saodatga kuchli ta’sir qilishini isbotladilar. «Nikoh va oila» jurnalida chop etilgan ma’lumotda tadqiqotchilar hayotdagi baxtning siri juftida ekanini aniqlashdi. Tadqiqotchilar bir nechta erkaklarni sinab ko‘rdilar va er-xotinlik saodatida ayolning asosiy roli borligini aniqladilar. Xotin erini maqtasa, bu erning hayotda baxtiyorligidan dalolat beradi. «Er-xotin munosabatlaridagi nomutanosiblik ayollarning odatda erlariga hissiy va amaliy yordamni qanday ko‘rsatishi bilan bog‘liq, aksincha emas», deydi tadqiqot hammuallifi Debora Karr. — Baxtsiz turmush qurgan erkaklar, ularning umumiy farovonligini oshiradigan er-xotin munosabatlaridan foyda olishlari mumkin. Binobarin, soliha juft bu dunyoda saodatning asosiy sababchisi ekanligini ilmiy haqiqat tasdiqlaydi.
Buni sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alyhi vasallam allaqachon ta’kidlab qo‘yganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: «Dunyo matodir. Dunyo matosining eng yaxshisi soliha ayoldir» (Imom Muslim rivoyati).
Mo‘min insonning bu dunyoda o‘ziga madadkor, hayotiga baxt va rohat kirib kelishiga sabab bo‘ladigan soliha jufti bo‘lishi, bu dunyodagi eng yaxshi saodat turi ekanligini yuqoridagi hadis ta’kidlamoqda. Bu bugun olimlar kashf etgan haqiqatdir. Bizga Islom ne’matini bergani uchun Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.