Ruanda – Sharqiy Afrikadagi dengizga chiqish imkoni yo'q, tog'li rel'efga ega mamlakat. Ushbu musulmon jamiyati vakillari 1994 yilda jismoniy tahdidga duch kelgan vatandoshlariga eng so'nggi imkoniyati darajasida yordam ko'rsatdilar.
Musulmonlarning ushbu fidoyiligi mazkur Afrika davlatida Islomga moyil insonlarning keskin ko'payishiga sabab bo'ldi.
Ruanda muftiysi yordamchisi Shayx Solih Nsximimananing aytishicha, 1994 yilda yuz bergan dahshatli jinoyat – genotsidlardan birida musulmonlar ham jabr ko'rgan.
Qonli voqealar yuz bergan vaqtda mamlakat poytaxt shahri Kigalidagi Muammar Qazzofiy nomidagi eng katta masjid hamda Islom madaniyati markazidan himoya so'rab borgan tutsi xalqi vakillari bilan birga yuzlab musulmonlar ham o'ldirilgan edi.
Shuningdek, Shayx Solih Nsximimananing ta'kidlashicha, 1994 yilgi genotsidda davlat rahbarlari musulmonlarga begonalardek munosabatda bo'lgan. Musulmonlar ham xuddi tutsilarga o'xshab kamsitishga va qirg'inga uchragan edi.
Uning so'zlariga ko'ra, mamlakatdagi ommaviy qonli qirg'in paytida musulmonlar tutsilarni himoyasiga olgan, shuningdek, genotsid ishtirokchilarining qonli harakatlarini qo'llab-quvvatlamagan hutularga ham yordam qo'lini cho'zgan. “Musulmonlar vatandoshlarini masjidlarga, o'zlarining uylariga yashirdilar va o'zlarining hayotlarini garovga qo'yib himoya qildilar”, deydi Ruanda muftiysi yordamchisi.
«Musulmonlar qaysi dinga mansubligiga qaramasdan, hammani himoya qildilar, Bu oson bo'lmadi. Musulmonlar genotsidga uchragan nasroniylar va boshqa din vakillarining himoyasida mahkam turishdi. Buni bizga muqaddas kitobimiz Qur'oni karim o'rgatgan”, deb so'zini davom ettiradi Nsximimana.
“Qazzofiy” masjidi jamoasining 35 yoshli vakili Abdulkarim Muxiziy o'sha mudhish voqealarni quyidagicha xotirlaydi: “Ruanda musulmonlari o'shanda qattiq qiyinchiliklarga duchor bo'lgan edi. Masalan, men o'sha vaqtda yosh bola bo'lganman va meni katolik mazhabini qabul qilishga majburlamoqchi bo'lishgandi”. .
Avvallari Ramazon va Qurbon hayitlari rasmiy bayram hisoblanmagan. Hozirgi hukumat qarori bilan esa, islomiy bayramlar dam olish kuni deb e'lon qilingan.
Rasmiy statistikaga ko'ra, hozir Ruanda aholisining to'rt yarim foizi musulmon. Biroq muftiyatning ma'lumotiga qaraganda, 13.5 milliondan iborat mamlakat aholisining har o'n nafaridan biri Islom diniga e'tiqod qiladi. Mamlakatda 500dan ortiq masjid faoliyat ko'rsatadi.
Damin JUMAQUL
tayyorladi.
O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda O‘zbekiston va Malayziya turoperatorlarining B2B formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tadbirda Butunjahon sufiylar markazi bosh kotibi shayx Abdul Karim Hadayd, “BUMITRA” sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi rahbariyati va mahalliy turoperatorlar ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berdi. U musulmon davlatlari, jumladan, Malayziyadan keladigan ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi va Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratdi.
Ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani va sayyohlar oqimi oshib borayotganini ta’kidladilar. Chet ellik sayyohlarni jalb qilish uchun Malayziya fuqarolariga vizasiz rejim amal qilmoqda, “Uzbekistan Airways” va “Batik Air Malaysia” aviakompaniyalari Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida haftasiga yetti marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda.
Ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlar doirasida O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Malayziyada “ziyorat turizmi”, “madaniy turizm” va “qishki turizm” turpaketlarini keng sotish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati