Toshkent islom institutining hadis ilmi ustozi va ijoza sohibi – Jaloliddin domla Hamroqulovning onlayn-hadis sharhining navbatdagi suhbatlari boshlandi.
Mashg'ulot davomida ustoz Jaloliddin domla Hamroqulov tomonlaridan o'tgan 24 sentyabr' kungi suhbatga oid savol beriladi. Jonli efirni kuzatayotganlar orasidan ushbu savolning javobini @OnlineHadisBot botiga to'g'ri va tezkor jo'natgan dastlabki uch kishiga “Baxtiyor oila” kitobi tuhfa etiladi.
? Onlayn- hadis sharhi suhbatlarining navbatdagi sonini quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzating, bevosita ishtirokchi va sovrindorga aylaning!
Mavzu yuzasidan savol va fikr-mulohazalaringizni
@OnlineHadisBot orqali jo'nating.
Youtube: MuslimTV
Internet telekanali : ITV.U
Facebook: MuslimUz
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.
Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.
Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati