Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Fatvoga bag'ishlangan xalqaro anjuman (fotolavhalar)

20.10.2023   6544   1 min.
Fatvoga bag'ishlangan xalqaro anjuman (fotolavhalar)

Avval xabar berganimizdek, ushbu nufuzli anjuman va uning doirasidagi tadbirlarda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari ishtirok etmoqdalar.

Anjumanda Misr Arab Respublikasi muftiysi, professor Shavqiy Allom, Vaqf ishlari vaziri Muhammad Muxtor Juma, Misr Arab Respublikasi bosh imomi o'rinbosari doktor Muhammad Abdurrahmon ad-Duvayniy, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi va Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda kabi yirik ulamolar, muftiylar, islomshunos olimlar, ekspert va soha mutaxassislari qatnashmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

MUFTIY MINBARI
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   8818   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).