“Taqvo” ehtiyot bo'lish, qo'rqish, gunoh ishlardan saqlanish ma'nolarini anglatadi. Taqvo insonning ichki olamida, qalbida o'rnashgan noyob xislat, insonni doimo yaxshilik qilishga, ezgulik yo'lidan borishga chorlab turadi va barcha yomonliklardan qaytaradi.
Taqvoni ulamolar turlicha ta'riflashgan. Hazrat Umar : “Taqvo bu – tikanli yo'lda oyog'ingga biror tikan kirgizmay o'tib borishingdir”, deb tushuntirgan. Bir so'z bilan aytilsa, taqvo Alloh ko'rib turganini bilib, yomonliklardan saqlanish demakdir.
Taqvoning xususiyati shunda, u insonni o'zi ustidan nazoratchi qilib qo'yadi. Taqvosi bor inson hech kim ko'rmay turganida ham, kimsasiz joyda ham gunoh qilmaydi, yomonlikdan o'zini tiyadi.
A'zolari ushbu xislat yo'lida hamkorlik qilgan jamiyat ravnaq topaveradi.
Zuhriddin AHADOV
O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda O‘zbekiston va Malayziya turoperatorlarining B2B formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tadbirda Butunjahon sufiylar markazi bosh kotibi shayx Abdul Karim Hadayd, “BUMITRA” sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi rahbariyati va mahalliy turoperatorlar ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berdi. U musulmon davlatlari, jumladan, Malayziyadan keladigan ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi va Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratdi.
Ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani va sayyohlar oqimi oshib borayotganini ta’kidladilar. Chet ellik sayyohlarni jalb qilish uchun Malayziya fuqarolariga vizasiz rejim amal qilmoqda, “Uzbekistan Airways” va “Batik Air Malaysia” aviakompaniyalari Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida haftasiga yetti marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda.
Ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlar doirasida O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Malayziyada “ziyorat turizmi”, “madaniy turizm” va “qishki turizm” turpaketlarini keng sotish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati