Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2026   |   17 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:20
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
27 Noyabr, 2026, 17 Jumadul soni, 1448

Marhumning vasiyatlarini ado etish

19.10.2023   3087   1 min.
Marhumning vasiyatlarini ado etish

Marhum qoldirgan mol dafn xarajatlariga sarflanib qarzlari o'talgandan so'ng qolganining uchdan biridan vasiyati ado etiladi. Vasiyat barcha molga taalluqli bo'lsa ham, uchdan biridan qolgan molning ortig'i bajarilmaydi.

Islomda vasiyatning miqdori qolgan molning uchdan biridan ko'p bo'lmasligining sababi vorislarga ham merosdan nasiba qoldirishdir.

Gunoh ishlarga vasiyat qilish harom. Vorislar uni bajarishlari mumkin emas.

Agar mayyit zimmasidagi zakot, ushr, nazr, kaffarotni o'tashni boshqa birovga vasiyat qilgan bo'lsa, qoldirgan mulkining uchdan biri aytganlarining hammasi ado etiladi.

Marhum ulush muayyan miqdorni, masalan, 10 mln, 30 mln, so'mni bir necha kishilarga vasiyat qilgan bo'lsa, qolgan mulkining uchdan biri u miqdordan kam bo'lsa, vasiyati aytgan miqdorlari nisbatida o'taladi.

Vorislarga Qur'on va sunnatga

muvofiq taqsimlash

Marhumning qarzlari va vasiyati ado qilingandan so'ng qolgan moli vorislarga taqsimlanadi. Alloh taolo marhamat qiladi: “(Ushbu taqsimotlar) Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan so'ng (qilinadi). Bular Allohning vasiyatidir. Va Alloh biluvchi hamda haliym Zotdir” (Niso surasi, 12-oyat).

Mayyitning mulkidan yuqorida sanab o'tilgan haqlar o'tab bo'lingach, qolgan merosi Qur'oni karim, sunnat va ummatning ijmosida bayon qilinganidek merosxo'rlarga taqsimlanadi.

Saidjamol MASAYITOV,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazining bosh mutaxassisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati Malayziyada keng targ‘ib qilinmoqda

27.11.2026   39029   1 min.
O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati Malayziyada keng targ‘ib qilinmoqda

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda O‘zbekiston va Malayziya turoperatorlarining B2B formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tadbirda Butunjahon sufiylar markazi bosh kotibi shayx Abdul Karim Hadayd, “BUMITRA” sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi rahbariyati va mahalliy turoperatorlar ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berdi. U musulmon davlatlari, jumladan, Malayziyadan keladigan ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi va Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratdi.

Ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani va sayyohlar oqimi oshib borayotganini ta’kidladilar. Chet ellik sayyohlarni jalb qilish uchun Malayziya fuqarolariga vizasiz rejim amal qilmoqda, “Uzbekistan Airways” va “Batik Air Malaysia” aviakompaniyalari Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida haftasiga yetti marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda.

Ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlar doirasida O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Malayziyada “ziyorat turizmi”, “madaniy turizm” va “qishki turizm” turpaketlarini keng sotish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari