وَمَن يَرۡغَبُ عَن مِّلَّةِ إِبۡرَٰهِۧمَ إِلَّا مَن سَفِهَ نَفۡسَهُۥۚ وَلَقَدِ ٱصۡطَفَيۡنَٰهُ فِي ٱلدُّنۡيَاۖ وَإِنَّهُۥ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ١٣٠
130. Ibrohimningdinidano'zqadrinibilmaydiganengiltaklarginayuzo'giradilar. BizdunyodaIbrohimnitanlabolganmiz, oxiratdahamusolihlardanbo'lur.
Ya'ni, Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni O'zining haq diniga, tavhidga da'vat etishi uchun tanlab olgan. "Ulul azm" payg'ambar, Allohning do'sti bo'lmish Ibrohim alayhissalom ayrimlar da'vo qilayotganiday yo'ldan adashmagan, hidoyat yo'lida mustaqim boruvchidir va u oxiratda solihligicha qoladi. Bu so'zlar Alloh taolo tomonidan Ibrohim alayhissalomga bo'lgan maqtovdir. U kishiga Allohning O'zi vahiy orqali: "Seni O'zimga do'st tutganimning sababi olishni emas, berishni yaxshi ko'rishing va odamlardan hech narsani tama' qilmasligingdir", degan. Qur'oni karimning boshqa bir surasida zikr etilishicha, Ibrohim alayhissalom bunday deganlar: "MenHaqyo'lgamoyilholimdayuzimniosmonlarvaYerniyaratganZotgaqaratdimhamdamenmushriklardanemasman" (An'om, 79). Hech kim hazrati Ibrohimning hanif dinini yomon ko'rib, undan yuz o'girmasligi kerak, Allohga shirk keltirmasligi lozim. Kim o'z nafsiga zulm qilsa, o'z qadrini bilmaydigan nodonlardan sanalsa, hidoyat yo'lidan adashib, zalolatga ketsa, bu dindan yuz o'girgan bo'ladi.
إِذۡ قَالَ لَهُۥ رَبُّهُۥٓ أَسۡلِمۡۖ قَالَ أَسۡلَمۡتُ لِرَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ١٣١
131. Parvardigori unga: "Bo'ysun!" deganida u: "Olamlar Parvardigoriga bo'ysundim" deganini eslanglar.
Ya'ni, Parvardigorning O'z xalili (do'sti) Ibrohimni bunday oliy maqomga ko'tarishiga sabab: "Menga bo'ysun, ixlos bilan toat-ibodatda bo'l!" deganida Ibrohim alayhissalom Alloh azza va jallaning amriga darhol javob qildi va: "Ey Parvardigorim, Senga ixlos bilan ibodat qilaman, toatingga so'zsiz bo'ysunaman!" dedi. Alloh taolo aytadi: "Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo'lmagan, balki Haq yo'ldan toymagan (hanif) musulmon bo'lgan va mushriklardan bo'lmagan" (Oli Imron, 67).
Allohga va Uning rasuliga o'zini taslim qilgan va bilmagan ilmini biluvchi shaxsga topshirgan kishi haqiqiy ehtiyotkor mo'min hisoblanadi. Kishining musulmonlik qadami Yaratuvchiga taslim bo'lish va bo'ysunish bilan sabotli bo'ladi. Bilish mumkin bo'lmagan narsani bilishga uringan, taslim bo'lishga aqli qanoat qilmagan kishini istagi xolis tavhiddan, sof ma'rifatdan, haqiqiy imondan to'sib qo'yadi. Unday kishi kufr bilan imon, rost deyish bilan yolg'on deyish, iqror bo'lish bilan inkor qilish o'rtasida sarson bo'ladi. Ya'ni, vasvasaga giriftor bo'lib, shakka tushib na ishongan mo'min, na ishonmagan munkir bo'ladi. “Islom” so'zining ma'nosi ham «Alloh yagona» deb e'tiqod qilish, unga bo'ysunish va butun qalb bilan Unga ixlos qilish va Alloh buyurgan diniy e'tiqodga imon keltirish, Alloh taoloning yakkayu yagonaligiga ishonishdir. U yuborgan Payg'ambarga ergashgan, Allohning O'zigagina bo'ysungan va tavakkul qilgan kishi chin musulmondir.
وَوَصَّىٰ بِهَآ إِبۡرَٰهِۧمُ بَنِيهِ وَيَعۡقُوبُ يَٰبَنِيَّ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصۡطَفَىٰ لَكُمُ ٱلدِّينَ فَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنتُم مُّسۡلِمُونَ١٣٢
132. Ibrohim buni o'g'illariga va shuningdek, Ya'qub ham vasiyat qilib: "Ey o'g'illarim, Alloh sizlarga shu dinni tanladi, musulmon bo'lmaguningizcha dunyodan o'tmaysiz", dedi.
Ibrohim alayhissalomning o'zlari Parvardigorlariga bo'ysunib, shirk asosiga qurilgan barcha botil dinlarni tark etish, tavhidga asoslangan (hanif) dinga amal qilish bilan cheklanmay, farzandlarini ham, boshqalarni ham shunga da'vat qildilar. Ibrohim alayhissalomning nabirasi bo'lmish Ya'qub alayhissalom ham shunday vasiyat qilgan. Ular vasiyat qilgan din aslida Islomdir, faqat ulardan keyin kelgan avlodlar uning nomini o'zgartirib yuborishdi. Alloh taolo aytadi: "Chiroyli amal qiluvchi holida o'zini Allohga bo'ysundirgan va to'g'ri yo'l – Ibrohim diniga ergashgan kishidan boshqa kimning dini chiroylidir? Vaholanki, Alloh Ibrohimni do'st tutgandir" (Niso, 125). Barcha payg'ambarlar alayhimussalom da'vat etgan din aslida birdir. Ular insonlarni olamni yagona Alloh taolo yaratganiga iqror bo'lishga va faqat Unga ibodat qilishga chaqirishgan. Ular etkazgan hukmlardagina farq bordir, asosiy da'vatlarida esa farq yo'q. Alloh taoloning barcha bandalar uchun rozi bo'lgan dini Islomdir. Islom tavhid dinidir. Alloh taolo yuborgan barcha payg'ambarlar: Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad alayhimussalom insoniyatni asosda bir dinga – Alloh taoloning uluhiyatda va rububiyatda yagonaligiga, Uning kitoblariga, farishtalariga, rasullariga va qiyomat kuniga imon keltirishga, faqat Unga ibodat qilishga da'vat etishgan (Sho'ro, 13). Payg'ambarlar da'vat etgan din asosda bir bo'lsa-da, ular etkazgan hukmlar, ya'ni shariatlar turlichadir. Shuning uchun keyin kelgan payg'ambar davrida avvalda o'tgan payg'ambar etkazgan hukmlar (shariat) bekor bo'lgan. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom oxirgi payg'ambar bo'lganlari sababidan oldin o'tgan barcha payg'ambarlarning etkazgan hukmlari (shariatlar) mansux bo'lgan. Payg'ambarimiz etkazgan hukmlar, ya'ni Islom shariati qiyomatgacha boqiydir.
أَمۡ كُنتُمۡ شُهَدَآءَ إِذۡ حَضَرَ يَعۡقُوبَ ٱلۡمَوۡتُ إِذۡ قَالَ لِبَنِيهِ مَا تَعۡبُدُونَ مِنۢ بَعۡدِيۖ قَالُواْ نَعۡبُدُ إِلَٰهَكَ وَإِلَٰهَ ءَابَآئِكَ إِبۡرَٰهِۧمَ وَإِسۡمَٰعِيلَ وَإِسۡحَٰقَ إِلَٰهٗا وَٰحِدٗا وَنَحۡنُ لَهُۥ مُسۡلِمُونَ١٣٣
133. Ya'qubga o'lim kelgach o'g'illariga: "Mendan keyin kimga ibodat qilasizlar?" deganida, "Sening Ilohing, otalaring Ibrohim, Ismoil va Ishoqlarning Ma'budi bo'lmish yagona Ilohga ibodat qilamiz va Ungagina itoatda bo'lamiz", deyishganiga guvoh emasmidingiz?
Bu oyat yahudiylar haqida nozil bo'lgan. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: "Bilmaysanmi, Ya'qub vafot etayotganida o'g'illariga yahudiylikni vasiyat qilgan edi", deyishgan. Ya'qub alayhissalom ham vafotlaridan oldin farzandlarini bobolari Ibrohim alayhissalomning hanif dini bo'lmish Islomga kirishni vasiyat qilganlar. U kishi o'limlari yaqinlashganida farzandlaridan: "Mendan keyin kimga ibodat qilasizlar?" deb so'raydilar. Shunda farzandlari: "Sening ilohing bo'lmish Alloh taologa, otalaring Ibrohim, Ismoil, Ishoqlarning ilohi bo'lmish yagona Alloh azza va jallaga toat-ibodatda bo'lamiz", deyishadi. Mufassirlarning yozishicha, Ibrohim alayhissalomning Hojar ismli ayollaridan Ismoil alayhissalom, Sora ismli ayollaridan Ishoq alayhissalom tug'ilgan. Ibn Kasir aytadi: "Ishoq akasi Ismoil tug'ilishidan o'n to'rt yil o'tib, otasi Ibrohimning yoshi yuzga yaqinlashib qolganida dunyoga keldi. Ishoq tug'ilishi haqida bashorat berilganida onasi Soraning yoshi to'qsonda edi". Ya'qub alayhissalom esa Ishoq alayhissalomning o'g'li bo'lgan. Ibn Kasirning aytishicha, "Ahli kitoblar Ishoq alayhissalomning qirq yoshlarda, otalari Ibrohim alayhissalom hayotlik chog'larida uylanganini zikr etishadi. Ishoq alayhissalomning Tavomiyn ismli xotinidan Ays va Ya'qub dunyoga kelishgan".
تِلۡكَ أُمَّةٞ قَدۡ خَلَتۡۖ لَهَا مَا كَسَبَتۡ وَلَكُم مَّا كَسَبۡتُمۡۖ وَلَا تُسَۡٔلُونَ عَمَّا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ١٣٤
134. Ular o'tib ketgan bir ummatdir. Ularning amallari o'zlariga, sizlarning amallaringiz o'zlaringizgadir. Sizlardan ularning qilmishlari haqida so'ralmaydi.
Ya'ni, ey insonlar, o'tib ketgan ajdodlarning qilmishlari haqida sizdan so'ralmaydi, ularning amallariga yarasha jazolash yoki mukofotlash Parvardigoringizning O'ziga havoladir. Sizlar o'zlaringiz qilayotgan amallarga e'tiborli bo'ling, Allohga osiylik qilmang, Uning amrlariga bo'ysuning, Alloh va Uning vahiylarini aslo inkor qilmang! O'tmishdagilar ham, sizlar ham – hamma o'zining qilgan amaliga o'zi javob beradi. Kim (xoh kofir, xoh musulmon) bu dunyoda qo'lidan keladigan harakatni qilsa, amaliga yarasha samarasini kamsitilmasdan to'liq olishini Alloh taolo kafolatlagan. Oxirat uchun harakat hech qachon bu dunyoni tark etishni talab etmaydi. Inson imonli bo'lsa, dunyo uchun qilgan amallarini imonli holda bajarib, oxiratda ham, bu dunyoda ham ulug' maqomga erishadi. Islomda quruq gap (yoki niyat)ning e'tibori yo'q, balki aytilgan gap (yoki niyat)ni amal bilan tasdiqlagan, ya'ni, faqat Parvardigorga ibodat qilib, faqat Unga suyanganlarning mukofoti jannatda mangu qolishdir. Tillari bilan aytgan gaplarga amal qilish kerak bo'lganida yuz o'girib, boshqa tomonga ketadiganlar mo'min emas, munofiqdirlar. Alloh taologa va Payg'ambarga ishonmay, faqat bu dunyo hayoti va ziynatini xohlab amal qilganlar bu dunyoda faqat orzulariga erishadilar, ammo oxiratda ular uchun do'zax olovidan boshqa hech narsaga erisha olmaydilar, chunki ular oxirat hayoti uchun hech bir amal qilmaganlar.
وَقَالُواْ كُونُواْ هُودًا أَوۡ نَصَٰرَىٰ تَهۡتَدُواْۗ قُلۡ بَلۡ مِلَّةَ إِبۡرَٰهِۧمَ حَنِيفٗاۖ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ١٣٥
135. Ular: "Yahudiy yo nasroniy bo'linglar, hidoyat topasizlar", deyishadi. (Ey Muhammad), "Yo'q, Ibrohimning hanif dinida bo'lamiz, u mushriklardan emas edi", deng.
Ushbu oyat Madina yahudiylarining boshliqlari Ka'b ibn Ashrof, Molik ibn Sayf, Abu Yosir ibn Axtob va Najron nasroniylari haqida tushgan. Ular musulmonlar bilan din borasida tortishishdi. Har bir firqa o'zini Alloh diniga haqliroq deb da'vo qilardi. Yahudiylar: "Payg'ambarimiz Muso barcha payg'ambarlarning, kitobimiz Tavrot barcha kitoblarning, dinimiz barcha dinlarning afzalidir" deya Iso va Muhammad alayhissalomlarga, Injil va Qur'onga kufr keltirishdi. Nasorolar esa: "Nabiyimiz Iso barcha nabiylarning, kitobimiz Injil barcha kitoblarning, dinimiz esa barcha dinlarning afzalidir" deya Muhammad alayhissalomga va Qur'onga kofir bo'lishdi. Bularning har biri musulmonlarga: "Bizning dinimizga kiringlar, undan boshqa din yo'q" deya o'z dinlariga da'vat qilishar edi.
“Hanif” so'zi lug'atda «chin e'tiqoddagi, taqvodor» ma'nolarini anglatadi. Islomgacha bo'lgan davrda turli qabila butlari va sanamlarga sig'inishni rad etgan, tavhidga (yakkaxudolikka) astoydil imon keltirgan, zohid va taqvodor, ammo yahudiylik yoki nasroniylikka qo'shilmagan va Ibrohim alayhissalomning dinlarida bo'lgan kishilar «haniflar» deb atalgan. Qur'oni karimda Ibrohim alayhissalomning o'zlari ham «hanif» deb nomlangan. Milodiy sakkizinchi-to'qqizinchi asrlardan boshlab hanif ko'pincha «musulmon», haniflik dini esa «Islom» ma'nosida qo'llana boshlagan.
قُولُوٓاْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيۡنَا وَمَآ أُنزِلَ إِلَىٰٓ إِبۡرَٰهِۧمَ وَإِسۡمَٰعِيلَ وَإِسۡحَٰقَ وَيَعۡقُوبَ وَٱلۡأَسۡبَاطِ وَمَآ أُوتِيَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَمَآ أُوتِيَ ٱلنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمۡ لَا نُفَرِّقُ بَيۡنَ أَحَدٖ مِّنۡهُمۡ وَنَحۡنُ لَهُۥ مُسۡلِمُونَ١٣٦
136. (Ey mo'minlar), "Allohga, bizlargatushirilgannarsaga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qubvaularningavlodigatushirilgannarsaga, MusovaIsoga, boshqapayg'ambarlargaParvardigorlaritomonidanberilgannarsalargaimonkeltirdik. UlarninghechbiriniajratmaymizvaO'zigabo'ysunamiz", denglar.
Alloh taoloning barcha payg'ambarlariga va ularga tushirilgan narsalarga istisnosiz ishonish imon shartlaridan biridir. Payg'ambarlarning vazifasi imon keltirib, toat-ibodat qilgan insonlarga jannat bashoratini qilish, kufr va isyonda bo'lgan insonlarni do'zax azobidan ogoh etish, insonlarga dunyo va din ishlarida ular muhtoj bo'lgan narsalarni bayon etishdir. Payg'ambarlarning barchasi Odam naslidan, gunoh, kufr, tug'yondan asralgan, pok, aql va ibodatda komildirlar. Ularning barchasi bir dinda – Islom dinidadir. Zero, ularning barchasi o'z qavmlarini faqat Alloh taologa ibodat qilishga, Uning uluhiyatiga, rububiyatiga, ism va sifatlariga shirk keltirmaslikka da'vat qilishgan. Ular zimmalariga yuklangan vazifalarni to'la ado etishgan. Payg'ambarlarning boshi Odam alayhissalom, oxirlari Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Qur'oni karimda yigirma besh payg'ambarning nomi zikr etilgan: bular – Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya'qub, Yusuf, Ayyub, Zulkifl, Shu'ayb, Muso, Horun, Dovud, Sulaymon, Ilyos, Alyasa', Yunus, Zakariyo, Yahyo, Iso va oxirgi payg'ambar Muhammad alayhimussalomlardir. Uzayr, Luqmon, Zulqarnayn nomlari ham Qur'onda kelgan, ularni ba'zilar nabiy desa, ba'zilari valiy deyishgan, bunda ixtilof bor. Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad alayhimussalom shariat sohiblari bo'lishgani uchun "Ulul azm" payg'ambarlar deyiladi. Abu Hurayra roziyallohu anhuning rivoyat qilishicha, "Ahli kitoblar Tavrotni ibroniycha qiroat qilib, uni Islom ahliga arabcha tafsir qilishar edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: "Ahli kitoblarga ishonmanglar ham, ularni yolg'onchi ham demanglar, ularga: "Allohga, bizlarga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va ularning avlodiga tushirilgan narsaga, Muso va Isoga, boshqa payg'ambarlarga Parvardigorlari tomonidan berilgan narsalarga imon keltirdik. Ularning hech birini ajratmaymiz va O'ziga bo'ysunamiz", denglar" (Buxoriy rivoyati).
فَإِنۡ ءَامَنُواْ بِمِثۡلِ مَآ ءَامَنتُم بِهِۦ فَقَدِ ٱهۡتَدَواْۖ وَّإِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنَّمَا هُمۡ فِي شِقَاقٖۖ فَسَيَكۡفِيكَهُمُ ٱللَّهُۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ١٣٧
137. Ularhamsizlarkabiimonkeltirishsa, to'g'riyo'lnitutganbo'lishadi, agaryuzo'girishsa, demaksizlargaadovatdadirlar. Sizga (ey Muhammad), AllohningO'zikifoyadir. Ueshituvchivabiluvchidir.
Ahli kitoblarga ham Allohning so'nggi dini bo'lmish Islom taklif etilgan, ammo ular sarkashliklari, g'ururlari sababidan islomiyatni tan olmay kelishyapti. Tan olish uyoqda tursin, o'z manfaatlaridan kelib chiqib, Islomga, musulmonlarga har jabhada faol kurash olib borishyapti. Vaholanki, Alloh taolo Islom dinini butun insoniyat uchun oxirgi haq din deb tanlagan, Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom esa qiyomatgacha barcha insonlarga yuborilgan so'nggi payg'ambardirlar. Islom barcha zamonlarning va hamma ummatlarning dinidir. Oldin o'tgan payg'ambarlarniki kabi muayyan asr, ba'zi zamonlargagina tegishli muvaqqat risolat emas. Islomgacha barcha payg'ambarlar mahdud bir zamonga yuborilgan bo'lsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallam qiyomatga qadar boqiy bir risolat egasi, payg'ambarlarning oxirgisi, yakunlovchisidirlar. Islomdan keyin boshqa bir shariat kelmaydi. Qur'oni karimdan so'ng boshqa kitob nozil bo'lmaydi. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomdan keyin boshqa payg'ambar kelmaydi.
Payg'ambar alayhissalomga dinni yoyish yo'lidagi mashaqqat va ozorlarni engishda, din dushmanlarining kirdikor va hujumlariga qarshi kurashda Alloh taoloning O'zi kifoya qiladi. U eshituvchi va biluvchidir. Alloh taoloning sifatlaridan biri al-Aliymdir, ya'ni har bir narsani biluvchi, bo'lgan va bo'ladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchidir. U Zotning sifatlaridan yana biri al-Sami', ya'ni har bir narsani eshituvchidir. Tillarning turli-tuman bo'lishi, hojatlarning har xil bo'lishiga qaramay U nidolarning hammasini eshitadigan Zotdir. Uning eshitishida maxfiy so'z bilan ochiq so'z barobardir. Alloh taoloning eshitishi ovozlarning hammasini qamrab olgan. Unga ovozlar aralashib ketmaydi. Ovozlardan ba'zisini eshitishi boshqasini eshitishdan Uni chalg'itmaydi. So'rovlarning turli tuman bo'lishi Uni adashtirib yubormaydi.
صِبۡغَةَ ٱللَّهِ وَمَنۡ أَحۡسَنُ مِنَ ٱللَّهِ صِبۡغَةٗۖ وَنَحۡنُ لَهُۥ عَٰبِدُونَ١٣٨
138. "Allohning sibg'asini qabul qildik, Allohdan ham yaxshiroq sibg'a beruvchi bormi? Ungagina ibodat qilamiz".
Oyati karimadagi "sibg'a" so'zining ma'nolari ko'p: u "bo'yoq, rang, haq din, e'tiqod, nasroniylardagi cho'qintirish marosimi" ma'nolarini anglatadi. Bu o'rinda kalima "haq din" ma'nosida kelgan. Parvardigor musulmonlarga qarata: "Sizlar Alloh taolo rangini, ya'ni haq dinini qabul qilganmiz, chunki bu din ergashuvchilarni turli nopokliklardan xalos qiladi, boshqa rangga ehtiyojimiz yo'q" denglar" deb buyurmoqda. Chunki nasroniylar bola tug'ilsa yo bir odam dinlariga kirsa, endi xolis nasroniy bo'ldi, deb uni sariq rangga bo'yashar edi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo bunday deydi: "Nasroniylar yangi farzand tug'ilganidan etti kun o'tgach, o'zlarining maxsus suvlarida cho'miltirishar edi. Buni "ma'mudiya" (xatna o'rnida qilinadigan poklash) deyishadi. Shunday qilingandagina bola haqiqiy nasroniy sanalardi. Alloh bu oyatni shu munosabat bilan nozil qilgan".
Raddiya: Islomda peshvolikni da’vo qiladigan guruh va oqimlar dindagi ayrim tushuncha va so‘zlarni g‘arazli maqsadlari yo‘lida buzib, noto‘g‘ri talqin qilishi hammaga ma’lum. Ular shu orqali musulmonlar hissiyotiga teginish, o‘zlariga tobelarni ko‘paytirish, dindor va ilmli bo‘lib ko‘rinishga harakat qiladi. “Tog‘ut” so‘zi ular ko‘p ishlatadigan, insonlarni, ayniqsa hukmdorlarni ayblashda qo‘llaydigan tushunchalardan biri. Aslida u nima? Qanday ma’nolarda ishlatiladi? Kimlar tog‘ut bo‘lishi mumkin?
“Tog‘ut” lafzi “tug‘yon” so‘zi bilan o‘zakdosh bo‘lib, Alloh belgilab qo‘ygan chegaradan chiqishga, kufrda haddan oshishga, isyon qilishga nisbatan ishlatiladi. Islomda Allohning yo‘lidan boshqa yo‘l “tog‘ut” deyiladi. Tog‘utning kattasi Shaytondir.
“Tog‘ut” kalimasi Qur’oni karimning sakkiz joyida zikr qilingan bo‘lib, ulamolarimiz uni turlicha tafsir qilgan. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu, Imom Sha’biy, Imom Zahhok “Tog‘utdan murod – Shayton” degan. Imom Abu Oliya va Muhammad ibn Sirin tog‘ut sehrgar va folbin ekanini aytgan.
“Tafsiri Jalolayn”da tog‘ut so‘zi tafsiriga murojaat qilaylik: “Kim tog‘utga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan bo‘ladi” (Baqara surasi, 256) va “Kufr keltirganlarning do‘stlari tog‘utlardir. Ularni nurdan zulmatlarga chiqarurlar” (Baqara surasi, 257) oyatlarida tog‘utlar – but-sanamlar va Shayton, “Kitob (Tavrot)dan nasibador bo‘lganlarning “Jibt” va “Tog‘ut”ga sig‘inishlarini va kofirlarga “Shular mo‘minlardan ko‘ra to‘g‘riroq yo‘ldadir” deyishlarini ko‘rmadingizmi?!” (Niso surasi, 51) oyatida – Jibt va Tog‘ut Quraysh qabilasidagilarning ikki sanami, “O‘zlarini, Sizga nozil qilingan (Qur’on) va Sizdan oldin nozil qilingan (ilohiy kitoblar)ga iymon keltirgan, deb hisoblaydiganlarning hukm so‘rab, Tog‘ut huzuriga borishni xohlayotganlarini ko‘rmadingizmi?” (Niso surasi, 60) oyatidagi tog‘ut kufrda haddan oshgan, tug‘yonga ketgan Ka’b ibn Ashraf, “Kofirlar (esa) Tog‘ut yo‘lida jang qiladilar” (Niso surasi, 76-oyat) va “Kim Allohning la’natiga uchragan, g‘azabiga duchor bo‘lgan, maymun va cho‘chqaga aylantirilgan va tog‘utga ibodat qilgan bo‘lsa, ana o‘shalar yomon martabadagi va to‘g‘ri yo‘ldan butunlay adashgan kimsalardir” (Moida surasi, 60) oyatlarida ular Shayton, “Batahqiq, Biz har bir ummatga: “Allohga ibodat qiling va tog‘utdan chetlaning” deb payg‘ambar yuborganmiz” (Nahl surasi, 36-oyat) va “Tog‘utdan, unga ibodat qilishdan chetda bo‘lganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor” (Zumar surasi, 17-oyat) oyatlarida ham ular Shayton deb nazarda tutilgan.
Alloma Ibn Atiyya aytadi: “Ba’zi olimlar: “Allohdan o‘zga ibodat qilinadigan har qanday narsa tog‘utdir”, degan”. Fir’avn, Namrud va o‘zini iloh deb e’lon qilganlar va ibodat qilinadigan but-sanamlar tog‘ut deyiladi.
Muqotil roziyallohu anhu “Kufr keltirganlarning do‘stlari tog‘utlardir” oyatidagi tog‘utni Ka’b ibn Ashraf va Huyay ibn Axtab deb tafsir qilgan. U ikkisi islom va musulmonlarga adovati cheksiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p aziyat bergan, musulmonlarga qarshi urushga juda ko‘p da’vat qilgan yahudiylardan edi.
Imom Navaviy aytadi: “Lays, Abu Ubayda, Kisoiy va ko‘pchilik tilshunoslar: “Tog‘ut – Alloh taolodan boshqa ibodat qilinadigan narsa”, degan”.
Shayx Muhammad Amin Shinqitiy: “Haqiqat shuki, Allohdan o‘zga ibodat qilinadigan har qanday narsa tog‘ut, eng katta tog‘ut esa Shaytondir”, deydi.
Tog‘ut so‘zining ma’nosi haqida buyuk mufassir Imom Tabariy “Jomi’ul bayon” tafsirida: “Fikrimcha, tog‘ut haqida to‘g‘ri gap shuki, tog‘ut Allohga tug‘yon qilib, Uni tark etib, Undan o‘zgaga ibodat qilingan narsadir. O‘sha ma’bud inson, shayton, but va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin”, deydi.
Mufassir olim Hasan Tahsin Fayzli “tog‘ut” so‘zini “Allohdan uzoqlashtiradigan, uning amrlarini bajarishni man etadigan kimsalar”, deb izohlagan.
Demak, sahobai kiromlar, tobeinlar va ulamolarimizning so‘zlaridan tog‘ut kalimasi shayton, sehrgar, folbin va Allohdan boshqa ibodat qilinadigan har qanday narsa ekani ma’lum bo‘lmoqda.
Afsuski, hozirgi kunda ba’zi toifalar musulmon rahbarlarni tog‘ut deb atab, ularni osongina kofirga chiqarmoqda. Ularning uslubi xavorijlarnikiga o‘xshaydi. Ular arzimas narsalar tufayli iymonli odamni kofirga chiqarib, qonini halol hisoblab, qanchadan-qancha beayb musulmonlar umriga zomin bo‘lmoqda, islomning pok nomiga dog‘ tushirib, asl mohiyat va tamoyillarini yot va buzg‘unchi g‘oyalardan iborat fitnalar soyasiga tushirib qo‘ymoqda.
O‘tkirbek Sobirov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshlig‘i,
Toshkent islom instituti o‘qituvchisi