Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2026   |   17 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:20
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
27 Noyabr, 2026, 17 Jumadul soni, 1448

Chaqimchi jannatga kirmaydi!

18.10.2023   1737   4 min.
Chaqimchi jannatga kirmaydi!

Hakimlardan birini do'sti ziyorat qildi. Uning oldida ayrim birodarlari to'g'risida u-bu deb gapirib qo'ydi. Hakim aytdi: “Ziyofatni bekor qilding.  Bu bilan uchta jinoyat qilding, birinchi, birodarimni yomonlading; ikkinchi, bo'sh qalbimni mashg'ul etding; uchinchi, o'zingni chaqimchiga chiqarding” dedi.

Ka'bul Ahbordan (Alloh undan rozi bulsin) rivoyat qilindi. «Bani Isroil qabilasiga qahatchilik keldi. Muso alayhissalom qabila ahli bilan uch marta suv so'rab chiqdilar. Ularga suv berilmadi. Shundan sung Muso alayhissalom: “Ey Rabbim, bandalaring suvsizlik va ochlikdan Senga uch marta zorlanib, iltijo qilib, najot berishingni so'radilar. Sen ularning iltimoslarini, duolarini ijobat qilmading!” dedilar. Alloh taolo unga dedi: “Ey Muso! Men sening va sen bilan bo'lgan qavmlaringning duolarini ijobat qilmayman. Chunki sizlarning orangizda chaqimchi bor. U chaqimchilikni uzluksiz davom ettirib kelyapti”. Muso alayhissalom so'radilar: “Kim u? Bizlar uni oramizdan chiqaraylik”. Alloh: “Ey Muso! Sizlarni chaqimchilikdan qaytarmadimi? Hammalaringiz tavba qilinglar!” dedi. Hammalari tavba qilishdi. Shundan sung, Alloh ularga suv berdi».

Faqihlardan biri aytadi: “Sizning oldingizga bir kishi kelib, falonchi sizni bu unday, bu bunday, deb gapirdi”, deb ketib qolsa, sizga olti narsa vojib bo'ladi.

 Birinchi, uni to'g'ri deya topmang. Alloh taolo aytadi: “Ey mo'minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat etkazib kuyib, qilgan ishlaringizda afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniklab - tekshirib ko'ringlar”.

 Ikkinchi, siz uni bu ishdan qaytaring, chunki bunday qilish vojibdir. Alloh taolo marhamat qiladi:

“Odamlar chiqarilgan  (ma'lum bo'lgan) ummatning eng yaxshisi bo'ldingiz, (ey, musulmonlar!) zero, siz amri ma'ruf, nahiy munkar qilasiz va Allohga imon keltirasiz”(Oli Imron surasi, 110-oyat)

Uchinchi, Alloh yo'lida uni yomon ko'ring, chunki osiyni yomon kurish vojibdir.

Turtinchi, birodarlaringizga yomon gumonda bo'lmang. Chunki gumon qilish haromdir. Alloh taolo marhamat qiladi: “Albatta ayrim gumonlar gunohdir!”(Hujurot surasi, 12-oyat).

Beshinchi, josuslik qilmaslik. Chunki Alloh taolo Kalomullohda josuslikdan qaytardi.

Oltinchi, chaqimchilikka rozi bo'lmang va o'zingiz ham uni qilmang. Chaqimchi olib kelgan habarni boshqaga aytmang. Zero, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Chaqimchilar jannatga kirmaydilar” deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Alloh taolo barchalarimizni ofiyatda saqlasin, chaqimchilik ofatidan o'z panoxida asrasin.

Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiyning

 «Tanbehul g'ofiliyn» kitobi asosida 

Imom Termiziy bilim yurti 2-bosqich talabasi

Murodullo Choriyev tayyorladi. 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot

27.11.2026   953   1 min.
Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot

Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, diniy-ma’rifiy bilimlarini mustahkamlash, odob-axloq, ilmga intilish va ezgu qadriyatlarni targ‘ib etish maqsadida Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imomi, Ulamolar kengashi a’zosi Rahmatullo domla Usmonov, Hadis ilmi maktabi rektori, Ulamolar kengashi a’zosi Barot Amonov, ta’lim muassasasi mudiri, Ulamolar kengashi a’zosi O‘tkir G‘uzarov hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Tohir Evadullayev ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yosh avlodning ilm olishga bo‘lgan intilishini kuchaytirish, diniy bilimlarni ishonchli manbalardan o‘rganish, ustozlarga hurmat, ota-onaga ehtirom, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning turli yot g‘oyalar va noto‘g‘ri diniy qarashlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, vaqtni mazmunli tashkil etish, ilm va kasb-hunar egallash orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida tavsiyalar berildi.

Ulamolar yoshlarga ilm yo‘lida sobitqadam bo‘lish, go‘zal xulq, halollik, mas’uliyat va vatanparvarlik fazilatlarini o‘zida mujassam etish, olgan bilimlarini ezgu ishlarga yo‘naltirish muhimligini ta’kidladilar.

Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha vakillaridan atroflicha javob va tavsiyalar oldilar.

Mazmunli suhbat va foydali maslahatlar bilan boyigan ushbu uchrashuv yoshlarning ma’naviy kamoloti, ilmga bo‘lgan qiziqishi hamda hayotiy maqsadlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot Ulamolar kengashi a’zolari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot
O'zbekiston yangiliklari