Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447

Masjidlarda juma namozini ado etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

03.09.2020   3493   2 min.
Masjidlarda juma namozini ado etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Ertaga, 4 sentyabr sanasidan Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq yurtimiz masjidlarida juma namozlari ado etiladi, inshaalloh.

24 haftalik to'xtalishdan so'ng mo'min-musulmonlar muborak juma ibodatini yana ado etish baxtiga muyassar bo'layotganlari uchun Alloh taologa cheksiz hamdlar bo'lsin. Bugun barcha jomelarda belgilangan karantin qoidalari va sanitariya-epidimiologiya me'yorlari asosida ko'p sonli jamoatni qabul qilishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Binolarni tozalash, dezinfektsiya ishlari, ijtimoiy masofa saqlash uchun maxsus belgilar va boshqa zaruriy choralar ko'rilmoqda. 

Shu o'rinda juma namozlariga tashrif buyuruvchilarga masjid xodimlari ko'rsatmalariga amal qilgan holda belgilangan karantin qoidalariga rioya qilishlarini, imkon qadar o'zlari bilan joynamozlarini olib kelishlarini hamda masjidlarga kirish-chiqish joylarida to'planish hollariga yo'l qo'ymasliklarini so'rab qolamiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Masjidlar bo'limi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Har bir eshikda farishtalar turadi

04.07.2025   756   1 min.
Har bir eshikda farishtalar turadi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Juma kuni masjid eshiklarining har birida farishtalar turadi. Ular kelganlarni birin-ketin yozib turishadi. Imom (minbarga) o‘tirganida, sahifalarni yopib, zikrni eshitish uchun kelishadi", dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Maqolalar