وَٱتَّبَعُواْ مَا تَتۡلُواْ ٱلشَّيَٰطِينُ عَلَىٰ مُلۡكِ سُلَيۡمَٰنَۖ وَمَا كَفَرَ سُلَيۡمَٰنُ وَلَٰكِنَّ ٱلشَّيَٰطِينَ كَفَرُواْ يُعَلِّمُونَ ٱلنَّاسَ ٱلسِّحۡرَ وَمَآ أُنزِلَ عَلَى ٱلۡمَلَكَيۡنِ بِبَابِلَ هَٰرُوتَ وَمَٰرُوتَۚ وَمَا يُعَلِّمَانِ مِنۡ أَحَدٍ حَتَّىٰ يَقُولَآ إِنَّمَا نَحۡنُ فِتۡنَةٞ فَلَا تَكۡفُرۡۖ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنۡهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِۦ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَزَوۡجِهِۦۚ وَمَا هُم بِضَآرِّينَ بِهِۦ مِنۡ أَحَدٍ إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِۚ وَيَتَعَلَّمُونَ مَا يَضُرُّهُمۡ وَلَا يَنفَعُهُمۡۚ وَلَقَدۡ عَلِمُواْ لَمَنِ ٱشۡتَرَىٰهُ مَا لَهُۥ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ مِنۡ خَلَٰقٖۚ وَلَبِئۡسَ مَا شَرَوۡاْ بِهِۦٓ أَنفُسَهُمۡۚ لَوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ١٠٢
102. VaularSulaymonpodshohligidagishaytonlaro'qigannarsagaergashibketishdi. Sulaymonkofirbo'lmadi, lekinodamlargasehro'rgatishganiuchunshaytonlarkofirbo'lishdihamdaBobilshahridaHorutvaMorutismliikkifarishtagatushgannarsagaergashishdi. Holbukiikkovi: "Bizlarsinovmiz, yanakofirbo'libqolma" demayturibhechkimgasehro'rgatmasedi. Ikkovidaner-xotinorasinibuzishnio'rganishardi, vaholanki, ularAllohiznisizhechkimgazararetkazaolishmaydi. Ularo'zlarigazararlivabefoydanarsanio'rganishadi. Axirunialmashtirgangaoxiratdanasibayo'qliginibilishadi-ku! Nasibalarininaqadaryomonnarsagasotibyuborishganinibilishmasmikin?!
Ya'ni, yahudiylar o'z dinlari va kitoblarini bir chetga qo'yib, sehr va jodu o'rganishga kirishib ketishdi. Ularga sehr ikki tarafdan ma'lum bo'lgan edi: birinchisi – hazrati Sulaymon podshohligi zamonida insonlar va shaytonlar aralashib yurishardi, uni o'sha shaytonlardan o'rganishgan. "Bu toifa sehrni Sulaymon alayhissalomga nisbat berardi. Ular: "Sulaymon alayhissalom payg'ambar emas, balki bir sehrgardir, shu sehr quvvatidan insonlar va jinlarga barobar hukmronlik qiladi", deb bo'hton qilishardi. Buning ziddiga ushbu oyat nozil bo'ldi" (Ibn Ishoq zikr qilgan, Sobuniyning "Ravoi'ul bayon" tafsiri, 1-juz).
Alloh taolo ularning bu gapi behudaligini bayon qilib marhamat etadiki, sehr Sulaymonning ishi emas, chunki u kufrdir, Sulaymon esa kofir emas. Ikkinchi tomondan, Bobil aholisi Horut va Morut ismli ikki farishtadan sehr o'rgangan. Ammo ular sehr o'rganmoqchi bo'lganlarni "Biz Alloh tomonidan yuborilgan bir fitna-sinovmiz, yana kofir bo'lib qolmanglar" deb albatta ogohlantirishar edi. Shunga rozi bo'lganlargagina sehr o'rgatishar edi. Imoni zaiflar oxiratlarini dunyoga sotishdi va sehr orqali ko'pchilikka zararlari tegib, imondan bebahra qolishdi. Hozirda ham aksar sehrgarlar sehrni qabih niyatda, er-xotinni ajratish yoki do'stlar orasini buzish, insonlar o'rtasiga dushmanlik solish, jamiyatda fasod tarqatish kabi ishlarda qo'llashadi. Kim sehrni bir insonga ozor va zarar etkazish uchun ishlatsa, haq yo'ldan adashadi, imon gavharidan ajraydi, chunki sehr kishi imonining sinovidir.
Imron ibn Horis aytadi: "Biz Ibn Abbos oldida o'tirgan edik. U kishi bunday dedilar: "Shaytonlar osmondan xabarlarni o'g'rincha eshitib olar, so'ng bitta rostiga etmishta yolg'on qo'shib, odamlar diliga singdirar edi. Buni Sulaymon alayhissalom bilib qoldilar va barcha xabarlarni to'plab kursilari ostiga ko'mib qo'ydilar. U zot vafot etgach, yo'l shaytoni turib (odamlarga): "Sulaymonning berkitilgan xazinasini ko'rsataymi? Bu kabi xazina undan boshqada yo'q", dedi. Odamlar rozi bo'lishganida u: "Hazina kursi tagida", dedi. Odamlar uni topib: "Bu Sulaymonning sehri, u bilan ummatni sehrlagan", deyishdi. Alloh taolo Sulaymon alayhissalomni oqlab, ushbu oyatni nozil qildi".
Kalbiy esa bunday deydi: "Shaytonlar Osifning tilidan sehr va har xil ruqiyalarni (duolarni) yozib: "Bular Osif ibn Barhiyaning Sulaymon podshohga o'rgatgan narsalari", deya Alloh u kishining podshohligini olayotganida mehroblari ostiga ko'mib qo'yishdi. Sulaymon alayhissalom buni sezmadilar. U kishi vafot etgach mehrob ostidan boyagi narsalarni chiqarib olishdi va odamlarga: "Sulaymon sizlarga shu narsalar bilan hukmronlik qilgan, sizlar ham buni o'rganinglar", deyishdi. Bani Isroil olimlari buni o'rganib: "Alloh saqlasin, bu Sulaymonning ilmi emas", deyishdi. Ammo johil kimsalar "Sulaymonning ilmi shu ekan" deya uni o'rganishga kirishib ketishdi va payg'ambarlarining kitobini inkor qilishdi. Shunday qilib, Sulaymon alayhissalomga tuhmatu bo'htonlar yog'ildi va bu to Alloh Muhammad alayhissalomni yuborguncha davom etdi. Alloh Sarvari olamga Sulaymon alayhissalomning bu narsalardan pokligini aytib, ushbu oyatni nozil qildi" (Asbabun-nuzul", 23-bet).
Sehr kufrdir, halok qiluvchi etti ulkan gunohdan (gunohi kabiradan) biridir. Sehr bilan shug'ullanuvchilar kofirdir, ularning jazosi juda qattiqdir. Sehrdan topilgan pul esa harom va jirkanchlidir. Ba'zi ilmsiz, johil kimsalarning boshqalarga zulm qilish yoki g'animlaridan o'ch olish yoxud boshqa sehrgarning sehrini qaytarish uchun sehrgarga borishlari, uning so'ziga ishonishlari ham haromdir. Sehrdan oxirat uchun hech qanday foyda yo'q, aksincha uning zarari katta. Alloh taoloning iznisiz sehrgar hech kimga zarar etkaza olmaydi. Sehr va jodu bilan shug'ullanuvchilar buning o'rniga din va Kitobni o'rganishsa, savobga erishgan bo'lishardi. Mo'min-musulmonlar hayot qiyinchiliklarida faqat Allohdan yordam istashlari, duo va iltijolar bilan Uning O'zigagina yuzlanishlari darkor. Shayton, jin va sehrgarlar yomonligidan saqlanish uchun Qur'oni karim suralarini o'qib yurishga targ'ib qilinadi. Hadisi sharifda bunday hollarda Yosin, Hashr surasining oxiri, Qadr, Kafirun, Ixlos, Falaq, Nas suralarini, Oyatul-Kursiy va boshqa sura-oyatlarni muntazam o'qib yurish tavsiya etiladi (Aliyul Qori, "Mirqotul-mafotih", 8-juz).
وَلَوۡ أَنَّهُمۡ ءَامَنُواْ وَٱتَّقَوۡاْ لَمَثُوبَةٞ مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِ خَيۡرٞۚ لَّوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ١٠٣
103. Agar ular bilishsa, imon keltirib, Allohdan qo'rqishganida Alloh huzuridagi savoblari yaxshiroq edi.
Allohga imon keltirish va har ishda Undan qo'rqish mo'minlikning asosiy talablaridandir. Agar kufr va shirk yo'lini tutgan kimsalar Allohga imon keltirib, U Zotdan qo'rqishganida Parvardigorlarining huzurida ulkan savoblarni qo'lga kiritgan, Uning taqvoli bandalariga va'da qilgan ajr-mukofotlarini qo'lga kiritgan bo'lishardi. Alloh taolo shunga buyuradi: "Ey mo'minlar, Allohdan qo'rqinglar! Har kim ertasi uchun nima tayyorlab qo'yganiga qarasin! Allohdan qo'rqinglar, chunki Alloh chindan ham qilayotgan amallaringizdan xabardordir" (Hashr, 18). Imom Abu Lays Misriy rahmatullohi alayh shunday yozadi: "Alloh taolodan qo'rqqan kishi tilini yolg'ondan, g'iybatdan, boshqalarga bo'hton qilishdan, bekorchi so'zlarni aytishdan tiyadi, hamisha Alloh taoloning zikri, Qur'on tilovati va ma'rifiy suhbatlar ila mashg'ul bo'ladi; qalbida musulmon qardoshlariga nisbatan dushmanlik, kin, adovat, hasad kabi g'ayriinsoniy illatlar bo'lmaydi; ko'zini qarash taqiqlangan narsalardan to'sadi, dunyoga ibrat nazari bilan boqadi; me'dasini nopok luqmalardan asraydi; qo'lini faqat Alloh rozi bo'ladigan narsalargagina uzatadi; oyog'i isyon yo'lida emas, toat, ibodat yo'lida, ilm majlislari sari odimlaydi; Alloh taolodan qo'rqqan odam faqat Uning rizosi uchun, Uning O'zigagina ibodat qiladi, riyodan va o'zini hamda ishlarini insonlarga ko'z-ko'z qilishdan va ikkiyuzlamachilikdan saqlanadi".
Iordaniyaning nufuzli “Jordan News Agency” (Petra) axborot agentligi hamda “Hala Ahbar” nashrida 24–29 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh va kashfiyotlar” mavzusidagi xalqaro mediaforumga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Agentlikda yozilishicha, mazkur yirik xalqaro tadbir O‘zbekistonning jahon media hamjamiyati bilan aloqalarini yanada kengaytirish, jurnalistlar va soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashishni rivojlantirishi bilan ahamiyatlidir.
Shu bilan birga, forum davomida islom sivilizatsiyasining boy ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini zamonaviy media vositalari orqali keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Forumning asosiy tadbirlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkaziladi. Unda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda media sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.
Nashrlar forum dasturining mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratgan. Xususan, tadbir doirasida yalpi majlislar, ixtisoslashtirilgan media-ko‘rgazmalar, matbuot brifinglari va ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etiladi.
Munozaralarda hujjatli filmlar yaratish, tarixiy xotirani asrash va yoritish, nashriyot loyihalarini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalardan media sohasida samarali foydalanish hamda xalqaro media loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Nashrning qayd etishicha, tadbirning muhim jihatlaridan biri – O‘zbekistonlik talabalar uchun xalqaro media sohasining tajribali mutaxassislari ishtirokida amaliy master-klasslar o‘tkazilishidir. Bu mashg‘ulotlar zamonaviy jurnalistika, mediamahsulotlar yaratish va xalqaro axborot makonida samarali faoliyat yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiladi.
Iordaniya OAVda forum doirasida ishtirokchilar uchun Samarqand shahriga safar ham rejalashtirilgani qayd etilgan. Xorijiy jurnalistlar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishadilar. Toshkent shahrida esa xalqaro OAV vakillari uchun maxsus mediatur tashkil etiladi.
Bunday safarlar forum ishtirokchilariga O‘zbekistonning nafaqat zamonaviy taraqqiyoti, balki uning jahon sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni, ilmiy-ma’rifiy an’analari va boy madaniy merosi haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Maqolalarda xalqaro mediaforumning 28 avgust kuni yakuniy yalpi majlis va rasmiy yopilish marosimi bilan yakunlanishi ham ma’lum qilingan. Xorijiy mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati