Eslatma! 2020 yilning 20 avgust kuni – yangi 1442 hijriy yil – Muharram oyi boshlanishining 1 kuni. Ashuro kuni 2020 yilning 29 avgust, shanba kuniga to‘g‘ri keladi.
Toshkent shahri uchun saharlik va iftorlik vaqtlari:
9 Muharram 28 avgust juma saharlik 04:23, iftorlik 19:04
10 Muharram 29 avgust shanba saharlik 04:25, iftorlik 19:02
11 Muharram 30 avgust yakshanba saharlik 04:26, iftorlik 19:02
O‘MI matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh aytadilar: “Agar Alloh huzuridagi qadringni bilmoqchi bo‘lsang, U seni nimada mashg‘ul qilib qo‘yganiga nazar sol”.
Sharh: Insonlar odatda o‘z qadrini molu dunyosi, lavozimi, ilm darajasi yoki xalq orasidagi obro‘si bilan o‘lchaydilar. Ammo Alloh nazdidagi haqiqiy qadr dunyo matohlari, obro‘-e’tibor bilan emas, balki insonning nimaga muvaffaq qilingani bilan bilinadi.
Agar Alloh taolo bandasini:
namozga,
Qur’on tilovatiga,
ilm o‘rganish va o‘rgatishga,
ota-ona xizmatiga,
odamlarga manfaat yetkazishga,
yaxshi axloq va solih amallarga muvaffaq qilgan bo‘lsa, bu Allohning unga bo‘lgan lutfi va ehsonidan dalolat.
Allohning nazdidagi qadringni bilishni istasangiz, tilingizni nima bilan, qalbing nima bilan va umringizni nima bilan o‘tayotganiga qarang. Chunki Alloh bandasini O‘zi yaxshi ko‘rgan ishlarda ishlatadi.
Aksincha, inson vaqtini behuda ishlarga, gunohlarga, g‘iybatga, dunyoparastlikka sarflayotgan bo‘lsa, bu uning ziyonda ekani, o‘zini jiddiy hisob-kitob qilib, tavba qilmasa U Zotning azobiga qolishiga sabab bo‘ladi.
Bu hikmat “Alloh menga nima berdi?” degan savoldan ko‘ra, “Alloh meni nimaga muvaffaq qildi?” degan savol muhimroq ekanini o‘rgatadi. Chunki ne’matning eng buyugi – Allohga yaqinlashtiruvchi amallarga muvaffaq bo‘lishdir.
Demak, har bir inson vaqti-vaqti bilan o‘ziga shunday savol berib turishi lozim: “Kunlarim nimalar bilan o‘tmoqda? Qalbim nimaga bog‘langan? Ko‘proq qaysi ishlar bilan mashg‘ulman?”.
Chunki bandaning Alloh nazdidagi maqomiga ishora qiluvchi muhim belgilardan biri – uning qaysi ishlarga muvaffaq qilib qo‘yilganidir.
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li