Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Sharqiy san'at xalqaro auktsion uyi qadimiy Islom asarlari, jumladan, eng qadimiy qo'lyozma va kulolchilik buyumlarini taqdim etdi.
“IQNA” saytining “Sada Elbalad”ga tayanib xabar berishicha, Islom san'ati auktsionida XIV-XV asrlar, ya'ni Mamluklar davriga oid 42 evrolik yirik Mushafi sharif sotildi.
Ushbu qo'lda yozilgan Qur'oni karim o'zining katta hajmi bilan to'liq va hayratlanarli va juda kam uchraydi XIV asr va XV asr boshlarida mamluk sultonlari va vazirlari orasida juda katta hajmdagi qo'lda yozilgan Qur'on kitoblarni yozish keng tarqalgan edi. Ilgari Shimoliy Afrika yoki Uzoq Sharqdan 9 asrga oid Kufiy Mushaf qismlari ushbu auktsionda 1000–1200 evroga baholangan edi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Sotheby's” yumaloq sariq va qizil halqalar bilan bezatilgan islomiy san'at, jumladan Qur'on sahifalari va oyatlarini namoyish etgan. Qur'on suralarining sarlavhalari qizil rang bilan belgilangan, Qur'onning qo'shimcha chekka matnlari sariq, qizil va qora ranglar bilan ajralib turadi va ushbu Mushaf 15ming – 25 ming funt sterlingga baholanadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamda Turkiya Diyonat vaqfi mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya formatida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan memorandum va uning asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda uning amaliy mexanizmlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Muloqot davomida vazifalarning joriy holati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslar va ijtimoiy loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar, yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, xorijiy xayriya xizmatlarini tashkil etish hamda zakot va xayriya munosabatlarini yanada rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki qardosh davlat vaqf fondlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy va saxovat yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati