Muhammad Rahim domla Abduqodirov,
“Dorussalom” masjidi imom-xatibi.
«Va Madyanga o'z birodarlari Shu'aybni (yubordik). U dedi: "Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan o'zga iloh yo'q. Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, o'lchov va tarozuni to'liq ado eting, odamlarning narsalaridan kamaytirib qolmang va er yuzida uning islohidan keyin buzg'unchilik qilmang. Agar mo'min bo'lsangiz, shunday qilmog'ingiz o'zingiz uchun yaxshidir"» (A'rof surasi, 85-oyat).
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari shayxulislom tomonidan tuhfa etilgan, O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining umumiy sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobi uchun minnatdorlik bildirdi.
Muloqot davomida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy tarbiyasini yuksaltirish va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surdi.
Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yoshlarga sodda va qiziqarli tarzda tushuntirish uchun raqamli platformalar va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishda ilmiy salohiyatni birlashtirish zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Ollohshukur Poshshozodaga musulmon dunyosi ilm-faniga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun O‘zbekistonning “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi.