1. Avvalo "Ikki rakat iydul fitr namozini ushbu imomga iqtido qilib, xolis Alloh taolo uchun ado etishni niyat qildim" deyiladi.
2. Imom “Allohu akbar” deb birinchi takbirni aytgach jamoat ham qo'llarini quloq barobarida ko'tarib, ichida takbir – "Allohu akbar" deb aytadi.
3. Keyin qo'llar bog'lanib, har kim ichida sano duosi (Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta'ala jadduka va laa ilaha g'oyruk)ni o'qiydi.
4. So'ngra imom uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo'llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so'ng qo'llar bog'lanadi.
5. Imom "Fotiha" surasini va zam sura o'qiydi. So'ng takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.
6. Shundan so'ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom "Fotiha" surasi bilan zam sura o'qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi. Har takbir aytilganda qo'llar quloq barobar ko'tariladi va ikki yon tomonga tushiriladi.
7. To'rtinchi takbirda qo'llar ko'tarilmasdan rukuga boriladi, so'ngra sajda qilinadi.
8. So'ngra "Attahiyyot", "Salavot" va "Duo" o'qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.
Alloh ibodatlaringizni O'z dargohida qabul etsin!
Davron NURMUHAMMAD
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati va qoziyotga qarashli barcha masjid imom-xatiblari tomonidan nuroniy keksalar, mehnat faxriylari hamda yordamga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi. Tadbir doirasida muhtoj oilalarning turmushini yengillashtirish maqsadida bir oilaga zamonaviy quyosh paneli o‘rnatib berilib, qo‘shimcha bayram sovg‘alari topshirildi. Bunday xayriya tashabbuslari jamiyatda o‘zaro ahillik, mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti