Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Noyabr, 2026   |   11 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:55
Quyosh
07:13
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
21 Noyabr, 2026, 11 Jumadul soni, 1448

SADAQAning  50 ta  TURI (eng  noyoblari)

08.04.2024   2875   23 min.
SADAQAning  50 ta  TURI (eng  noyoblari)

«Kimki bir hasana (savobli ish) qilsa, unga o'n barobar ko'paytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh ish) qilsa, faqat o'sha gunoh miqdorida bir gunohga yarasha jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay» (Qur'oni karim. An'om surasi 6/160).

«Yarimta xurmo bilan bo'lsa ham o'zingizni do'zaxdan saqlang! Agar kimki buni topolmasa, shirin so'z bilan!» (Hadisi sharif).

 

DONO  HALQIMIZ  MAQOLLARIDAN:

 

R Himmati yo'qning

 Hurmati yo'q.

 

R Baxilning tuynugidan el kirmas,

Eshigidan – el.

 

R Yaxshi topsa – elga yoyar,

 Yomon topsa – go'rga yoyar.

 

R Olarda hisobi to'qqiz,

 Berarda sanog'i – o'ttiz.

 

R Baxil avliyo bo'lmas,

 Avliyo baxil bo'lmas.

 

R Hasad ko'chatini ekkan

 Balo mevasini er.

 

R Saxiyning xayriga baxilning boshi og'rir.

 

R Ahmoqda aql bo'lmas,

 Aqlli baxil bo'lmas.

 

R Hasad o'tini daryo uchirolmas.

 

R Baxil ehsondan qochar,

 Hasis mehmondan qochar.

 

R Bermasning oshi pishmas,

 Pishsa ham qozondan tushmas.

 

R Saxiy topsa – o'rtada,

 Baxil topsa – xaltada.

 

R Yaxshining ko'ngli – tog',

 Baxilning ko'ngli – dog'.

 

R Hasisning pulidan yulduz yaqin.

 

R Qamish suvga to'ymas,

 Hasis – pulga.

 

R Saxiy bo'lmasa, baxil harom o'lar.

 

R Himmatli ko'kka ko'tarilar,

 Himmatsiz – erga ko'milar.

 

 

1) Taom bilan siylash – eng xayrli sadaqadir.
2) Birodaringizning yuziga tabassum qilishingiz – sadaqa.
3) Qarindoshga yaxshilik qilish – sadaqa.
4) Zakot berish – sadaqa.
5) Ushr berish – sadaqa.
6) Fitr ro'za berish – sadaqa.
7) Ikki kishi o'rtasida adolatli bo'lish – sadaqa.
8) Yo'ldagi ozor beruvchi narsani daf etish – sadaqa.
9) Odamlarga shirin so'z, yaxshi gap aytish – sadaqa.
10) O'z farzandlarini tartib-intizomga o'rgatish – sadaqa.
11) Oila a'zolariga mehr-muruvvat qilish – sadaqa.
12) Ovqat tayyorlash – sadaqa.
13) Ikki kishi o'rtasini adolat bilan isloh etish – sadaqa.
14) Chelagingizdagi suvni birodaringizning chelagiga quyib berish –sadaqa.
15) Yordam so'rab kelgan hojatmandga yordam berish – sadaqa.
16) Kishiga ulovi borasida yordam berish – sadaqa.
17) Bir kishini ulovga minishiga ko'maklashish – sadaqa.
18) Bir odamni yukini ko'tarib olib berish – sadaqa.
19) Shahvatini halol yo'l bilan qondirish – sadaqa.
20) Bir insonni mushkulini oson qilish – sadaqa.
21) Qarzni to'lashga qiynalayotganga haq egasi muhlatni cho'zib bersa, har kuni haq egasi bergan qarzi miqdoricha sadaqaning savobi yoziladi.
22) Kishi o'z farzandini chiroyli odob-axloq bilan tarbiyalashi – sadaqa.
23) Namoz sari bosilgan har bir qadam – sadaqa.
24) Yaxshilik qilish – sadaqa.
25) Yaxshilikka buyurish – sadaqa.
26) Yomonlik qilmaslik – sadaqa.
27) Yomonlikdan qaytarish – sadaqa.
28) Qarz so'rab kelgan kishiga qarz berib turish – sadaqa.
29) G'azabi kelganda sukut saqlash – sadaqa.
30) Musulmonlarga g'oibdan turib duo qilish – sadaqa.
31) Musulmon kishining bir insonga yordam berishi – sadaqa.
32) Birovni og'irini engil qilish – sadaqa.
33) Yo'lda adashgan kishiga to'g'ri yo'lni ko'rsatib, uni yo'llab qo'yish – sadaqa.
34) Iftorlik qilib berish – sadaqa.
35) Kishini mehmon qilish – sadaqa.
36) Qo'shniga yaxshilik qilish – sadaqa.
37) Mo'minning ko'nglini xursand etish – sadaqa.
38) Kishining uzog'ini yaqin qilish – sadaqa.
39) Ko'zi ojiz kishini to'g'ri yo'nalishga tushirib qo'yish – sadaqa.
40) Odamlar uchun foydali ilm o'rgatish – sadaqa.
41) Yomonlikdan saqlanish – sadaqa.
42) Odamlarga suv ulashish – sadaqa.
43) Kelisholmay qolganlarning o'rtasini isloh qilish – sadaqa.
44) Mevali ko'chat o'tqazib yoki biron ekin eksa, undan odamlar, hayvonlar esa – sadaqa.
45) Ko'zi yaxshi ko'rmaydigan kishiga bir narsani ko'rsatib qo'yish – sadaqa.
46) Halq uchun kerakli ziyo, ilm tarqatish – sadaqa.
47) Bog' barpo bo'lishiga hissa qo'shish – sadaqa.
48) Ko'pchilik foydalanish uchun zarur narsa (gaz, svet, suv kabi)larni o'tkazishda hissa qo'shish – sadaqa.
49) Maktab, shifoxona, mehmonxona, ko'prik, yo'l qurilishida hissa qo'shish – sadaqa.
50) Ko'pchilik foydalanadigan inshoot (zavod, fabrika kabi)larni barpo etilishida hissa qo'shish – sadaqa.

 

(Kalomulloh – Qur'oni Karimning oyati karimalari va Janobi Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflaridan).

 

Ibrohimjon domla Inomov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   44701   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari