frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Mutaassiblik

05.04.2024   1089   3 min.
Mutaassiblik

Islom dinida doimiy tarzda an'anaviylikni va modernizmni olqishlab kelgan. Mutaassiblik va fundamentalizmga esa qarshi chiqib kelgan. Aksincha, dinimiz ilm olishni, o'z ustida ishlashni, ishida hassos bo'lishga targ'ib etadi. Mo'min kishi ishini puxta qiladi, insoniyatni haqqiga xiyonat qilmasligini uqtiradi. Insonlarni eng yaxshisi Insonlarga manfaatlirog'i ekanligini, Musulmon uning tilidanu qo'lidan omonlik borligini o'ylashga, boshqalarga nisbatan murosali bo'lishga chaqiradi. Demak, bir fikrda qattiq turib olib, o'zidan boshqa  har qanday shaxslar aybdorligiga e'tiqod qilish va uni boshqalarga majburan singdirish esa shariat man qilgan ishlardandir. Insonlarning gunohkor bo'lishligi, Robbimizga taalluqli masala ekanligiga qaramay, ularni oxirati to'g'risida hukm o'qib yuborishlari hech ham mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

Vaholanki, dinimizda  bag'rikenglik va engillik olqishlangan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: “Albatta din engillikdir. Kim dinda chuqur ketsa, (din) uni engadi”,- dedilar. Mo'min kishining  mutaassibligi  sabab, jamiyatga ko'p qiyinchiliklar olib keladi. Jumladan, o'zgalarning amallariga nisbatan tahqir va malomatlarni yog'dirish, o'zidan boshqa shaxslarni teng sanamaslik, o'zganing fikrini eshitmaslik hamda xolislikning yo'qolishi natijasida haqiqatdan yuz o'girib, tan olmaslik. Kishilarni dindan bezdirish, musulmonlar orasida kelishmovchiliklar va fitnalar, murosasizliklar chiqishidek xatarlari bor.

Sahobalar hayotini o'rgansak, shunga guvoh bo'lamizki, ular doim dinni osonlik bilan targ'ib qilishgan. Bunga yaqqol misol qilib, Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifni keltirishimiz mumkin. Nabiy alayhissalom Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga jo'nata turib: “Yengil qiling va qiyin qilmang. Hushxabar bering va nafratlantirmang. O'zaro yordam bering va ixtilof qilmang”-degan edilar.

Albatta, mutaassiblik dinni noto'g'ri tushunishdan paydo bo'ladigan sifatdir. Asrimizning ko'zga ko'ringan ulamolaridan Muhammad Said Ramazon Butiy Rahmatullohi alayh o'z asarlarida mutaassiblik haqida quyidagi fikrni bildiradi: “Men bu zamonda ba'zi shaxs va jamoalarning taassubidan yoki  shahvatu havoyi nafsidan kelib chiqadigan, hukmlari shar'iy dalillar hukmi bilan birlashmaydigan va ularning hujjatiga bo'ysunmaydigan yangicha islom tug'ilayotganini mulohaza qilmoqdaman”.

Islom dini mutaassiblikning har qanday ko'rinishi, xususan, kishining o'z fikrida murosasiz bo'lishini qattiq qoralaydi.

Zero, Alloh taolo qur'oni karimning (Baqara surasining 185 oyati karimasida) quyidagicha marhamat qiladi: “Alloh sizlarga engillikni istaydi, sizlarga og'ir bo'lishini istamaydi”.

Demakki, dinni o'zining dunyoqarashi doirasida mahkam tutish, undagi vojib amallarni ado qilishda ularga ergashmagan kishilarni yomon ko'rish, ular bilan nizo chiqarish, tarqoqlik va fitnaga sababchi bo'lish ayni mutaassiblikning yorqin ko'rinishidir.

Modul' ta'lim tizimi talabasi
Uchqo'rg'on tumani "Muhammad Zarif" jome masjidi
imom-xatibi Shuhratilla Isroilov

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Haj qildingizmi? Endi hayotingizda ham haj ko‘rinsin!

28.06.2025   3374   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Zayniddin domla Eshonqulov