Rahmatulloh Usmonov - Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi
Shuningdek: Zayniddin Eshonqulov - Samarqand viloyati bosh imom-xatibi
Mehmonali Jabborov - Jizzax viloyati bosh imom-xatibi
Habibulla Zokirov - Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi
Abduqahhor Yunusov - Toshkent shahar bosh imom-xatibi
Musaxon Abbosiddinov - Namangan viloyati bosh imom-xatibi
Jasur Raupov - Toshkent viloyati bosh imom-xatibi
Xayrulla Abdullayev - Xorazm viloyati bosh imom-xatibi tabriklari TV orqali e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Yangi o‘quv yili arafasida viloyatdagi imom-xatib va imom noiblari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlariga o‘quv qurollari olib berilmoqda.
Bu ezgu tashabbus bolajonlarga quvonch ulashish bilan birga, ularning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishiga ko‘maklashmoqda.
Mehr-oqibat va saxovat — xalqimizga xos ezgu qadriyatlar!
O‘MI Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati