frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Islom tinchlik dinidir

10.04.2024   939   3 min.
Islom tinchlik dinidir

Yurtimizda tinchlik, farovonlik va millatlararo o'zaro totuvlik hukm surmoqda. Bu bebaho ne'matlarning qadriga etish barchamizning burchimizdir. Bu tinchlik, taraqqiyot va farovonlik o'z-o'zidan bo'layotgani yo'q, albatta. Bu, avvalambor, Alloh taoloning bizga ravo ko'rgan cheksiz inoyati bo'lsa, ikkinchidan, hukumatimiz tomonidan vijdon erkinligi va diniy bag'rikenglikni ta'minlashda olib borilayotgan oqilona isloxatlar natijasidir.
Bugungi kunda yosh avlod ongida shukronalik xissini kuchaytirish, sof diniy ta'limotlarni yoshlarga etkazish, ularni xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy va diniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir.
Ayni paytda, ayrim yoshlarda dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, ularda sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g'oyalarning tarqalishiga sabab bo'lishi mumkin.
Ular hech qanday asossiz musulmon diyorlarni “kufr diyori” deb  e'lon qilib, u erdagilarni  “hijrat” qilishga undash orqali turli nizo va fitna o'choqlariga jalb qilish, qo'lga qurol olib tinch aholi vakillari va boshqa din vakillarini qirish orqali mintaqada urush olovini yoqish, jihod tushunchasini noto'g'ri talqin qilish orqali yoshlarni qotilliklar qilishga chorlash bilan shug'ullanadilar.
Muqaddas Islom dinini niqob qilib olganlar ekstremistik va terroristik harakatlar qilayotganlar hech qanday asossiz musulmon diyorlarni “kufr diyori” deb  e'lon qilib, u erdagilarni  “hijrat” qilishga undash orqali turli nizo va fitna o'choqlariga jalb qilish, qo'lga qurol olib tinch aholi vakillari va boshqa din vakillarini qirish orqali mintaqada urush olovini yoqish, jihod tushunchasini noto'g'ri talqin qilish orqali yoshlarni qotilliklar qilishga chorlash bilan shug'ullanadilar.
Qur'oni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. Jumladan, “Niso” surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: “Kimda-kim qasddan bir mo'minni o'ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g'azab qilgay, la'natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo'ygay”. 

Hadislarda ham bu borada ko'plab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan ko'ra, yorug' dunyoning barbod bo'lib ketishi engilroqdir”, dedilar”.
Yuqoridagi mulohaza va dalillar, diniy-ekstremizm va terrorizmning nafaqat umume'tirof etilgan zamonaviy qonunlar, balki islom dini asoslariga ham zid ekanini ko'rsatadi.

Shunday ekan, diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda barchamiz o'z mas'uliyatimizni his etishimiz, ogoh bo'lishimiz, vatanimizning kelajagi uchun javobgar ekanimizni unutmasligimiz lozim.

Saydulloh G'aniyev,
Uychi tuman "Islom Nuri" jome
masjid-imom xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Namozim buzildimi?

27.06.2025   7250   1 min.
Namozim buzildimi?

Savol: Masjiddagi jamoatda ba’zan oldingi safdagi odamning kiyimi kalta bo‘lgani uchun sajdada orqasi qisman ochilib qoladi va bexosdan unga ko‘zimiz tushib qoladi. Shu holatda tahorat yoki namozimiz buzilmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar tahorat va namozni buzuvchi omillarni birma-bir sanaganlar. Ular ichida birovning avratiga ko‘z tushib qolish sababli buziladi, degan gap yo‘q. Birovning, xoh ayolning, xoh erkakning avratiga qarash sababli bavl yoki biror suyuqlik chiqmasa, tahorat sinmaydi. Ammo bu degani qarash, nazar solish mumkin ekan, deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday ishlar aslo mumkin emas.

Bir narsani yodda tutish lozimki, namoz o‘qish uchun tayyorlanayotgan inson namoz o‘qish asnosida avratlari ochilib qolmasligining chorasini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bir rukn (farz amali) miqdoricha avratining to‘rtdan biri ochilib tursa, uning namozi buziladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi