Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyun, 2025   |   28 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
24 Iyun, 2025, 28 Zulhijja, 1446

“Shayx Zayd” jome masjidiga kelgan sayyohlar soni 70 foizga oshgan

15.04.2024   1088   1 min.
“Shayx Zayd” jome masjidiga kelgan sayyohlar soni 70 foizga oshgan

Musulmon dunyosining eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan “Shayx Zayd” jome masjidi 2023 yilda tashrif buyuruvchilar soni 70 foizga oshganini qayd etdi, deb yozadi, “IslamNews”  “WAM” matbuot xizmatiga tayanib.

“Shayx Zayd” jome masjidi 2023 yilda  5.501.420 kishini, jumladan 1.409. 947 musulmonni jalb qilgan. Masjidga tashrif buyurganlar umumiy sonining 74 foizini yakka tartibdagi ziyoratchilar, 26 foizini guruhlar tartibidagilar tashkil qilgan. Rasmiy delegatsiyalar, jumladan, hukumat va ta'lim, diplomatik va boshqa delegatsiyalar soni 20.172 tani tashkil etdi.

25 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan yosh guruh turli mamlakatlardan tashrif buyuruvchilarning eng katta ulushini - 34 foizni tashkil etdi. Masjid mehmonlarining 81 foizi xorijliklar edi.

Geografik ma'lumotlarga ko'ra, tashrif buyuruvchilarning eng katta ulushi 52% Osiyo, 33% Yevropa va 8% Shimoliy Amerikaga to'g'ri keladi. Masjid mehmonlarining 23 %  Hindistondan, 8 %  Hitoydan, 7 %  Rossiyadandir.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Namozda qo‘l ko‘tarish

24.06.2025   1024   1 min.
Namozda qo‘l ko‘tarish

Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilib, qo‘lning bosh barmog‘i quloqning yumshog‘iga yetkaziladi va "takbiri tahrima" aytib, namozga kiriladi. Qo‘llar ko‘tarilganda kaftning ichki tomoni qiblaga qaratilib, barmoqlar biroz ochilgan holatda bo‘ladi.

Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilishi haqida bir qancha hadislar kelgan:

Voil ibn Hujr roziyalloxu anhu: "Men Nabiy sollallohu alayhi va sallamni namozga kirishda takbir aytib, qo‘llarini ko‘tarib, quloqlari barobariga ko‘targanlarini ko‘rdim", dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Anas ibn Molik roziyalloxu anhu rivoyat qilgan hadisda: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozga kirishda takbir aytib, so‘ngra ikki qo‘llarini ko‘tarib, bosh barmoqlarini quloqlariga barobar qilar edilar" (Imom Hokim va Imom Doraqutniy rivoyatlari).

Ulamolarimiz: “Hadislarda kelgan "qo‘lni quloq barobariga ko‘tarish”dan maqsad uni quloqqa tekkizishdir, chunki quloqning yumshog‘iga qo‘l tegishi qo‘lning quloq barobariga ko‘tarilganining aniq belgisidir”, deganlar. Bu haqda “Raddul Muhtor”, “Lubob fiy sharhil kitob”, “Fatavoi Qozixon”, “Sharhul Viqoya”, “Majma’ul anhur” shu kabi bir qancha mo‘tabar fiqhiy kitoblarimizda bayon qilingan.

Uychi tuman "Xizirobod" jome masjidi

imom-xatibi Sherzod Rahimov

Manba: t.me/softalimotlar

MAQOLA