Musulmon dunyosining eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan “Shayx Zayd” jome masjidi 2023 yilda tashrif buyuruvchilar soni 70 foizga oshganini qayd etdi, deb yozadi, “IslamNews” “WAM” matbuot xizmatiga tayanib.
“Shayx Zayd” jome masjidi 2023 yilda 5.501.420 kishini, jumladan 1.409. 947 musulmonni jalb qilgan. Masjidga tashrif buyurganlar umumiy sonining 74 foizini yakka tartibdagi ziyoratchilar, 26 foizini guruhlar tartibidagilar tashkil qilgan. Rasmiy delegatsiyalar, jumladan, hukumat va ta'lim, diplomatik va boshqa delegatsiyalar soni 20.172 tani tashkil etdi.
25 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan yosh guruh turli mamlakatlardan tashrif buyuruvchilarning eng katta ulushini - 34 foizni tashkil etdi. Masjid mehmonlarining 81 foizi xorijliklar edi.
Geografik ma'lumotlarga ko'ra, tashrif buyuruvchilarning eng katta ulushi 52% Osiyo, 33% Yevropa va 8% Shimoliy Amerikaga to'g'ri keladi. Masjid mehmonlarining 23 % Hindistondan, 8 % Hitoydan, 7 % Rossiyadandir.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu yil 3 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov raisligida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan masjidlarning imom-xatib va mutavallilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Ko‘rilgan masalalar masjidlardagi qurilish-ta’mirlash ishlari shaharsozlik me’yorlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi va qurilishga oid hujjatlarni talabga muvofiq yuritish hamda qurilishlar sodda, oddiy va dabdabadan holi bo‘lishi bo‘yicha mas’ullarga zaruriy tavsiyalar berildi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini sifati va belgilangan vaqtda yakunlash zarurligi yana bir bor eslatildi.
Barcha imom-xatib va xodimlarga masjidlar hamda ularga olib boruvchi 100 metr masofadagi yo‘llardagi tozalash va obodonlashtirish ishlari doimiy bo‘lishi, namozxonlar uchun sharoitlarni yanada qulay bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tahoratxonalardagi sharoitlarni zamonaviy talab darajasiga keltirish kabi vazifalar yuklatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
atbuot xizmati