Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447

Malayziyadan Toshkentga haftasiga ikki marta havo qatnovlarini amalga oshirish boshlandi

16.04.2024   1429   1 min.
Malayziyadan Toshkentga haftasiga ikki marta havo qatnovlarini amalga oshirish boshlandi

Malayziyaning “Batik Air” aviakompaniyasi kechadan e'tiboran Kuala-Lumpur–Toshkent–Kuala-Lumpur yo'nalishida haftasiga ikki marotaba muntazam havo qatnovlarini yo'lga qo'ydi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parvozlar “Boeing 737 max 8” va keng fyuzelyajli "Airbus A330" rusumli samolyotlarda dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, Toshkent va Kuala-Lumpur o'rtasidagi parvozlar "Uzbekistan Airways" tomonidan ham haftasiga 2 marta amalga oshirib kelinmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, ikki mamlakat o'rtasida aviaqatnovlar sonining ko'payishi ishbilarmon doira vakillari o'rtasidagi aloqalarni faollashtirish va sayyohlar oqimini yanada ko'paytirishga xizmat qiladi.

Eslatib o'tamiz, Malayziyaning etakchi aviatashuvchilarining respublikamizga parvozlarini tashkil etish, ziyorat turizmi salohiyatini keng targ'ib qilish va malayziyalik sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida O'zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko'magida mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi ma'muriyati va "Batik Air Malaysia" kompaniyasi rahbariyati o'rtasida qator muzokara va maslahatlashuvlar tashkil etilgan edi. Malayziya aviakompaniyasining O'zbekistonga ilk aviaqatnovi 2023 yil 15 dekabr' kuni yo'lga qo'yilgan edi.

"Batik Air Malaysia" ("Malindo Airways Sdn Bhd") 2012 yilda Malayziya va Indoneziya o'rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Petalingjayada joylashgan. Hozirda kompaniya Osiyo qit'asining 50 dan ortiq yo'nalishiga, jumladan Avstraliya, Bangladesh, Janubiy Koreya, Indoneziya, Pokiston, Singapur, Tailand, Hitoy, Yaponiya, Hindistonga reyslarni amalga oshiradi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qiyomat kuni dahshatli emas!

25.06.2025   2741   1 min.
Qiyomat kuni dahshatli emas!

Qiyomat kuni ba’zilar o‘ylaganidek dahshatli emas, balki u Kun ahdiga sodiq bo‘lgan va o‘sha Kun uchun amal qilganlar uchun ajoyib va go‘zal kun bo‘ladi: “Ularni buyuk dahshat mahzun qilmas” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular qayta tirilganlarida  va farishtalar ularni kutib turganini ko‘rganlarida, u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Farishtalar ularni: «Bu sizlarga va’da qilingan kuningizdir», – deya kutib olurlar” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular shodlikdan butun olamga jar solganda u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!” (Haaqqo surasi, 19-oyat).