Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Noyabr, 2026   |   11 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:55
Quyosh
07:13
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
21 Noyabr, 2026, 11 Jumadul soni, 1448

Savdodagi maxfiy sadaqa

17.04.2024   1015   3 min.
Savdodagi maxfiy sadaqa

Otam bilan birga ro'zg'or qilishni o'rganish uchun bozorga borar edim. Otam nima sotib olsalar, sotuvchi aytgan narxga sotib olar, narx-navo borasida hech ham tortishmas edilar. Boshqa ko'p odamlarning sotuvchilar bilan uzoq savdolashib turganlarini ko'rardim. Keyin bir kuni otamdan “Otajon, nega siz sotuvchilar bilan hech ham savdolashmaysiz, boshqalar savdolashib narxni rosa tushirib olishadi-ku” deb so'radim.

Shunda otam tabassum qilib tushuntirdilar: “Eh bolaginam, bu sotuvchilar o'zi boy odamlar emas, ko'pchiligi boshqa kasbi bo'lmagani uchun shu erda tirikchilik qilishadi, ichlarida kimlardir etim bo'lib o'sgan, yana qaysidirlarining farzandlari betob bo'lishi mumkin, yana qaysidirlarining qarzlari bordir. Shuning uchun ham men ulardan narsa sotib olsam, kengchilik qilishga harakat ilaman. Ularga bunday kengchilik qilish maxfiy sadaqa bo'ladi. Zotan ular aytayotgan narx bilan biz tushirib oladigan narx o'rtasida uncha katta farq yo'q. Zora biz o'tib yuborayotgan shu arzimas miqdordagi pullar ertaga qiyomat kuni foydamizga ishlab qolsa”.

Imom Buxoriy rahmatullohi alayh rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sotayotgan paytida bag'rikeng bo'lgan, sotib olayotgan paytida bag'ri keng bo'lgan va odamlardan qarzini so'rayotgan paytida bag'rikeng bo'lganga Alloh rahm qilsin”, deb duo qilganlar.

Imom Termiziy rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Alloh subhanahu va taolo sizlardan oldingi yashagan bir kishining gunohlarini kechirdi, nima sababdan? U odam nimaiki sotsa ham, nimaiki sotib olsa ham, odamlardan qarzini talab qilayotgan paytda ham bag'rikeng bo'lgan edi”, dedilar.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan yana bir hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Bir kishi odamlarga qarz berar edi, agar o'sha qarzdor bo'lgan kishini og'ir holatda ko'rsa, atrofidagi ishchilariga “Undan (qarzini) kechib yuboringlar, shoyadki Alloh subhanahu va taolo bizlarning ham gunohlarimizdan kechib yuborsa”,derdi. Shuning uchun ham Alloh subhanahu va taolo u odamning gunohlarini kechdi”, dedilar.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   21048   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari