Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabassum qildilar va: “Agar “Subhanalloh” desang, Alloh taolo “rost so'zlading” deydi, “Alhamdulillah” deb aytsang, Alloh “rost so'zlading” deb aytadi, “Laa ilaha illallohu” desang, Alloh “rost so'zlading” deydi, “Allohu akbar” deb aytsang, Alloh taolo “rost so'zlading” deb aytadi. Agar “Allohummag'firliy” deb aytsang, Alloh “kechirdim” deydi, “varhamniy” desang, Alloh “rahm qildim” deydi, “varzuqniy” deb aytsang, Alloh “rizqlantirdim” deb javob beradi”, dedilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Chirchiq shahrida kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga quvonch ulashishga qaratilgan saxovat tadbiri o‘tkazildi.
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov tadbirda ishtirok etib, bolajonlarga samimiy tilaklar bildirdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali ko‘magida 35 nafar bolaning har biriga velosiped va turli sovg‘alar berildi. Shuningdek, tadbirda saxovatpesha homiylar tomonidan bayramona dasturxon yozilib, bolajonlar uchun ko‘ngilochar va bayramona dastur tashkil etildi.
Bunday xayrli tashabbuslar yurtimizda inson qadri, oila va bolalar manfaatlariga yuksak e’tibor qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
Saxovat tadbiri bolajonlarga unutilmas quvonch bag‘ishlab, ularning qalbida Vatanga muhabbat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati