U: “Ey Robbim, meni mag'firat qilgin va menga o'zimdan keyin biror kishiga muyassar bo'lmaydigan mulkni had'ya etgin…” (Sod surasi, 35-oyat).
Sulaymon alayhissalom duolarini tavba va istig'for bilan boshladilar. (Vaholanki anbiyo alayhimussalomlarning barchalari gunoh sodir etishdan ma'sumlar.) Bu payg'ambarlarning fahmi o'ta kuchli bo'lgani va ilmlarining yuksakligidandir. Chunki duoning ijobatini gunohchalik biror narsa to'sa olmaydi.
Ba'zan banda Robbisidan biror narsani so'rab, duo qiladi. Shu holatda banda bilan duosining ijobati o'rtasiga o'sha banda bardavom sodir etayotgan gunohi to'siq bo'lib turib oladi.
Agar sening ham duolaring ijobat bo'lmayotgan bo'lsa, amallaringni hisob kitob qilishga kirish. Yaxshilab o'yla, qaysi gunohga chuqur sho'ng'igansan. O'sha gunohing duoingni ijobat bo'lishidan tutib turibdi.
Duoing ijobat bo'lavermaganidan “Balkim ko'p narsa so'rayotganim uchun Alloh menga bermayotgandir”, degan xayollarga borma. Allohga nisbatan biror ish ko'p hisoblanmaydi. Sulaymon alayhissalom Allohdan jinlarni boshqarish, shamolni bo'ysundirish, qush tilini bilish kabi ko'p va katta narsalarni so'ragan edi. Alloh taolo u zotga so'ragan narsalarini, barchasini berdi. Lekin u zot ham so'rashdan avval tavba qilgan edilar.
Mas'ul rahbar "Tillar" kafedrasi mudiri Ulug'bek Hasanov.
Yozdi: 203-guruh talabalari.
Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.
Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.
Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati