O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:00 Anons
01:06 O'zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan keng ko'lamli sheriklikni yanada rivojlantirish muhimligini ta'kidladi
01:32 Janubiy Koreya musulmonlari federatsiyasi bilan memorandum imzolandi
02:25 Vatandoshlar bilan muloqot, xatmi Qur'on va savol-javoblar bilan fayzli bo'ldi
03:16 “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” muhokama qilindi
03:52 Yangi tayinlovlar amalga oshirildi ("Al-Hudaybiya", "Holid ibn Valid", "Abdulloh ibn Huzofa" masjidi)
04:30 Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
04:52 Imom-xatiblarning faolligini oshirish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi (Namangan viloyati)
05:25 Qabuldan aholi mamnun bo'ldi (Toshkent viloyati)
05:54 Bitiruvchilar ishga taqsimot qilindi
https://youtu.be/K4u7tjcmji0 FullHD https://youtu.be/K4u7tjcmji0
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati