Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Noyabr, 2026   |   11 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:55
Quyosh
07:13
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
21 Noyabr, 2026, 11 Jumadul soni, 1448

Yomonliklarning eshigi

22.04.2024   1067   2 min.
Yomonliklarning eshigi

Gunohi kabiralardan biri, “yomonliklarning onasi” bo'lgan mast qiluvchi ichimliklarni ichish Alloh subhonahu va taolo tomonidan taqiqlangan: “Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho'plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo'ling. Shoyadki, najot topsangiz. Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko'rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to'sishni xohlaydi. Endi to'xtarsizlar?! (Moidasurasi, 90-91-oyatlar).

Arab tilida mast qiluvchi ichimlikni “xamr” deb ataladi. “Hamr” lug'atda “bekitmoq”, “to'smoq” ma'nolarini bildiradi. Chunki u aqlni to'g'ri fikrlashdan to'sadi, fikr yo'lini berkitadi.

Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Har bir mast qiluvchi narsa maydir va har bir may haromdir”deganlar (Imom Muslim, imom Nasoiy va Imom Ibn Moja rivoyati).

Ummu Salama roziyallohu anho aytadi:“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har bir mast qiluvchi va bo'shashtirguvchi narsadan qaytarganlar” (Imom Abu Dovud rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Zino qilguvchi mo'min holida zino qilmaydi, o'g'ri mo'min holida o'g'irlik qilmaydi. Aroq ichguvchi ham mo'min holida aroq ichmaydi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Shahobiddin PARPIYeV,

Asaka tumanidagi “Muhammadsolih” jome masjidi imom-xatibi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   13395   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari