Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Noyabr, 2026   |   11 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:55
Quyosh
07:13
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
21 Noyabr, 2026, 11 Jumadul soni, 1448

Ta'ziya muddati uch kun

23.04.2024   2659   2 min.
Ta'ziya muddati uch kun

 Bu dinda hargiz qiyinchilik yo'q

 Dafn kunidan boshlab uzog'i bilan uch kunga qadar aza (motam) tutishga shariatimiz ruxsat beradi. “Fatavoi Olamgiriya”da (1671 bet) bunday deyilgan:

“Shu uch kun mobaynida mayyit chiqqan xonadonda ovqat qilinmaydi. Ta'ziya bildirishga kelgan odamlarga dasturxon solinmaydi, ziyofat berilmaydi. Musibat etgan xonadon ahli qayg'uli bir holda turganda ular uchun mehmonlarga qarash, ularga osh-non tortish musibat ustiga musibatdir”.

Ba'zi hududlarda har payshanba yoki yakshanba kuni, 7, 40, 52, 100, yili kabi marosimlarda jonliq so'yilishi, pul va matolar tarqatilishi katta xarajatlar evaziga o'tkaziladi. Uzoq vaqt xasta boqqan oila, qarzdor va ayniqsa balog'atga etmagan farzandlari bo'lgan muhtoj oilalar uchun bunday marosimlarni o'tkazish musibat ustiga musibatdir.

Kir yuvdi, qoryog'di, laylak keldi, tok, mosh, qovoq, shirguruch, turshak, qovun va gul kabi odatlar ayollar ishtirokida yig'i-sig'i bilan o'tkaziladigan marosimlardir. Bu marosimlar xurofiy odatlar bo'lib, ayollarning dod solib yig'lashlari mayyitga zarracha foyda etkazmaydi, balki uni Alloh oldida hijolatga qo'yadi.

Afsuski shariatimizda keltirilmagan mana shunday marosimlarni o'tkazaman deb, qarzga botib, tushkunlikka tushib qolganlar ham uchramoqda.

Munira ABUBAKIROVA,

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'lim etakchi mutaxassisi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   12865   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari