Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Noyabr, 2026   |   11 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:55
Quyosh
07:13
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
21 Noyabr, 2026, 11 Jumadul soni, 1448

23.04.2024   303   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ramazonga tayyorgarlik: qorilar va otinoyilar maxsus qiroat kursida ta’lim olmoqda

20.11.2026   14233   1 min.
Ramazonga tayyorgarlik: qorilar va otinoyilar maxsus qiroat kursida ta’lim olmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan yurtimizda qorilar va otinoyilarning Qur’oni karim tilovati bo‘yicha bilim hamda mahoratini yuksaltirishga qaratilgan maxsus o‘quv kurslari tizimli ravishda tashkil etilmoqda.

Xususan, yurtimizda ilk bor Ramazon oyidagi xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etuvchi qorilar uchun yo‘lga qo‘yilgan malaka oshirish kurslari qizg‘in davom etmoqda. Shu yilning 18 noyabr kuni Diniy idoraning «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi boshlig‘i Shayx Ali Fayzulloh Maxdum Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida o‘tayotgan mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida qorilarning tilovat mahorati va tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirilib, muborak oy tadbirlarini yuksak saviyada o‘tkazish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Ma’lumot o‘rnida, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan qorilarga Ramazon oyidagi xatmi Qur’onlarda ishtirok etish huquqini beruvchi maxsus sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Diniy idoraning buyrug‘i asosida «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limlari hamkorligida otinoyilar uchun ham o‘quv jarayonlari davom ettirilmoqda. Joriy yilning 16 noyabridan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida 3 oylik «Tajvid» amaliy mashg‘ulotlarining 2-davrasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu darslar otinoyilarning diniy bilim va ilmiy saviyasini oshirish, tilovatini tajvid qoidalari asosida sayqallash hamda Qur’on ilmini xalqimizga, ayniqsa xotin-qizlarga puxta va go‘zal yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari