Sayt test holatida ishlamoqda!
13 May, 2025   |   15 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:06
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:36
Xufton
21:04
Bismillah
13 May, 2025, 15 Zulqa`da, 1446

Qozonda Rossiya va Islom dunyosi xalqaro iqtisodiy forumi o'tkaziladi

22.04.2024   3045   2 min.
Qozonda Rossiya va Islom dunyosi xalqaro iqtisodiy forumi o'tkaziladi

Rossiya va Islom olamining xalqaro iqtisodiy konferentsiyasi shu yil may oyida Tatariston poytaxti Qozon shahrida bo'lib o'tadi.

“IQNA”ning “Yeni Şafak”ga tayanib xabar berishicha, may oyida Qozon shahrida Rossiya va IHT davlatlarining “Rossiya – Islom olami: Kazanforum 2023” xalqaro iqtisodiy forumi bo'lib o'tadi.

Ushbu konferentsiyani o'tkazishdan maqsad Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo davlatlar va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi iqtisodiy, ta'lim, ijtimoiy va madaniy sohalardagi aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Shuningdek, konferentsiya Rossiya va butun dunyoda islom moliya tizimi institutlarini rivojlantirishga ko'maklashadi, qo'shma xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratadi.

Islom moliyasi, sarmoya, sanoat, kichik va o'rta biznes, diplomatiya, xalqaro hamkorlik, texnologiya, turizm, tibbiyot va sport kabi mavzular anjumanning asosiy mavzularidan iborat.

Bu yil konferentsiya doirasida “Halal Yexpo” ko'rgazmasi ham bo'lib o'tadi. Unda Rossiyaning halol mahsulotlari, xizmatlari, investitsiya va infratuzilma loyihalari namoyish etiladi.

Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o'rinbosari Marat Husnullin ushbu konferentsiya haqida bunday dedi: “Bu yilgi yig'ilishda Millatlar Hamdo'stligi, Yaqin Sharq, Afrika, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika mamlakatlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. “O'tgan yilgi forum doirasida  200 dan ortiq dastur o'tkazildi va 130 dan ortiq shartnoma imzolandi”.

  Tatariston hukumati rahbari, Kazanforum tashkiliy qo'mitasi o'rinbosari Rostam Minixanov:  “XV Qozon forumi Rossiyaning islom davlatlari bilan muloqotga tayyorligini ko'rsatadi”, - dedi.

Mazkur forum joriy yilning 25-30 may kunlari Qozon shahrida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi Namangandagi aholi holidan xabar olindi

13.05.2025   1053   1 min.
Yangi Namangandagi aholi holidan xabar olindi

Shu yil, 12 may kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibining birinchi o‘rinbosari Obidxon domla Ikromov boshchiliklarida viloyat vakilligi xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari hamda "Haj – 2024" ziyoratchilaridan iborat tuzilgan ishchi guruhi a’zolari uchun Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi “Imom Buxoriy“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari hamda mahallalarda ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lgan hojilar bilan Yangi Namangan tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

 

Ishchi guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi: 

birinchi yo‘nalish – imom-xatibning “Haj-2024” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish; 

ikkinchi yo‘nalish – imom-xatibning masjidni boshqarish faoliyatini yaqindan o‘rganish, maslahat va ko‘mak berish;

uchinchi yo‘nalish – imom-xatib uchun namuna tarzida peshin namozi vaqtida masjidga kelganlarga dolzarb mavzuda ma’ruza qilib berish.


Ishchi guruh a’zolari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha Yangi Namangan tumanida faoliyat olib bordi. 

 

Shuningdek Ishchi guruh a’zolari  Yangi Namangan tumani masjidlari hududidagi mahallaning bir necha xonadonlariga kirib, u yerda yashayotganlardan hol-ahvol so‘raldi. Xonadondagi yoshlarni ta’lim tarbiyasi bilan tanishildi, ularning muammolari o‘rganildi, taklif fikr, mulohazalari tinglandi va mahallalarda namunaviy bo‘lgan oilalarga kirib keksalardan yurtimiz haqqiga duoi hayrlar olindi.

 

Imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Namangan viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Yangi Namangandagi aholi holidan xabar olindi Yangi Namangandagi aholi holidan xabar olindi Yangi Namangandagi aholi holidan xabar olindi Yangi Namangandagi aholi holidan xabar olindi Yangi Namangandagi aholi holidan xabar olindi Yangi Namangandagi aholi holidan xabar olindi
O'zbekiston yangiliklari