"Saudiya Arabistoni Podshohligining barcha jome masjidlarida juma xutbalarida Alloh taoloning ushbu muborak yurtga bergan tinchlik-omonlik, farovonlik ne'matlariga shukronalik qilishni eslatib, xotirjamlik-osoyishtalik ne'matining ahamiyati va qadr-qimmati, uni muhofaza etishni tushuntirishga bag'ishlanadi" deya "Saudiya xabarlari" internet nashri xabar berdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Joriy yilning 10 may kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Yunus Ali Oxund” jome masjidida viloyatning shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari, otinoyilar va hojilar ishtirokida Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan masjid imom-xatiblarining faodiyat samaradorligini oshirish yuzasidan sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Dastavval seminar ishtirokchilari bo‘lgan shahar-tuman bosh imom-xatiblar, otinoyilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga kirib, aholi bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularga ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. So‘ng esa shahar-tuman bosh imom-xatiblari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, namozga kelgan jamoatga ma’rifiy suhbatlar qilib berdilar.
Seminar yig‘ilishida esa notiqlar tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahridagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumandagi Masjid imom-xatiblik faoliyatida namunali va faol mexnat qilayotgan imom-xatib viloyat bosh imom-xatibining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Andijon viloyati vakilligi matbuot xizmati