Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Iyun, 2025   |   4 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:53
Peshin
12:27
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:46
Bismillah
29 Iyun, 2025, 4 Muharram, 1447

O'zbekiston vakillari birinchi "Umra va ziyorat" xalqaro forumida qatnashdi

25.04.2024   2349   2 min.
O'zbekiston vakillari birinchi

Shu yil 22 aprel' kuni Saudiya Arabistonining Madina shahrida birinchi "Umra va ziyorat" xalqaro forumi o'z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi tomonidan tashkil etilgan anjumandan maqsad "Vision 2030" dasturini hayotga tadbiq etish doirasida Makka va Madinaga tashrif buyuruvchi ziyoratchilar va sayyohlar uchun yanada keng qulayliklar va shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Tadbirda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatdan kelgan delegatsiyalar, jumladan, 300 dan ortiq umra xizmatini tashkil etuvchi sayyohlik agentliklari, mehmonxona, oziq-ovqat va aviakompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, forum ishida O'zbekiston Bosh konsulxona xodimlari ham qatnashdi.

Anjumanning ochilish qismida Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri, doktor Tavfiq ar-Robiya va Madina amiri Salmon bin Sulton bin Abdulaziz Ol Saud ishtirokchilarni qutladi.

Forum doirasida turizm industriyasini rivojlantirish, xorijiy mehmonlarni qabul qilishda yaratilgan shart-sharoitlar, qulay viza tizimi, sayyohlik yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash va boshqa mavzularda taqdimotlar o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi, "Al Rajhi Group" korporatsiyasi va "Marmara Group" kompaniyasi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazdilar.

Muzokaralar chog'ida o'zbekistonlik ziyoratchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirilib, "Umra – 2025" mavsumida o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Birinchi "Umra va ziyorat" xalqaro forumi 24 aprelga qadar davom etdi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

28.06.2025   5383   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Shoiraxon hoji onaning umr yo‘ldoshlari Odiljon otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Shoiraxon hoji onaga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari