Jismoniy kasalliklarni tabiblar davolasa, ma'naviy kasalliklarni ummat tabiblari ulamolar davolaydilar. Shuning uchun fitna vaqtida ulamolarga quloq tutish eng to'g'ri yo'ldir.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Bugun, 15 avgust kuni Chust tumanidagi “Said Nasimxon to‘ra” jome masjidida tadbirkorlarimiz homiyligida yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan bolajonlarga maktab o‘quv qurollari va sumkalar hadya qilindi.
Xayriya tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan ota-onalar va o‘quvchi yoshlar muborakbod etildi.
Tadbir so‘ngida yurtimiz ravnaqi va yoshlarimizning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun xayrli duolar qilindi.
Ravza.uz