Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Noyabr, 2026   |   11 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:55
Quyosh
07:13
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
21 Noyabr, 2026, 11 Jumadul soni, 1448

Bilim yurtida ochiq dars

28.04.2024   2586   3 min.
Bilim yurtida ochiq dars

“Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurtida aprel – “Aqoid va informatika” fan oyligi munosabati bilan Aqoid fani o'qituvchisi Mahmudov Kalimulloh domla 3-kurs talabalariga “Aqoid” fanidan "Qabrdagi savol-javob haqligi bayoni" mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi.

Kalimulloh domla Mahmudov ochiq darsda yangi mavzuni Sirojiddin Usmon al-O'shiy rahimahullohning “Bad-ul-amoliy” asari va uning mo''tabar sharhlari asosida yoritib berdi. Shu bilan birga mavzuga oid har bir aqidaviy  masalani aqliy va naqliy dalillar bilan tushuntirib o'tdi. O'qituvchi ochiq darsda pedagogik usullar va ko'rgazmali qurollardan unumli foydalanib, darsni samarali tashkil etdi.

Mavzuga kirishishdan avval, g'ayb borasida, unga imon keltirish masalasiga qisqacha to'xtalib o'tdi. Aqida fani bo'yicha g'aybiyotga oid masalalr 3 turga bo'linishini aytib o'tdi.

Birinchisi: faqat aql bilan bilinadigan masalalar. Misol uchun Allohning borligi, uning ism va sifatlari. Bu masalalarning aslida shariatda dalillari mavjud bo'lsa-da, aql uni tasdiq qilishiga tavaqquf qiladi. Ya'ni, shariat keltirgan dalilni aql qabul qilmasa mo''min hisoblanmaydi.

Ikkinchisi: shariat ko'rsatmasi bilangina bilinadigan masalalar. Misol uchun: jin va farishtalar, savob va gunoh, hashr va nashr kabi masalalar. Aqlda bu kabi narsalarni bor yoki yo'qligi barobardir, ularning mavjudligi faqat shariat bilan bilinadi.

Uchinchisi: aql va shariat bilan birgalikda bilinadigan masalalar. Misol uchun: mo''minlar jannatda Alloh taoloni ko'rishlari. Bu xususda aql bilan bilish imkoni bor, shariatda ham dalil bor. Faqat aql shariat keltirgan dalilni qabul qilmasa dindan chiqib qolmaydi.  

Darsning mavzusi bo'lgan “Qabrdagi savol-javob masalasi ushbu taqsimotning ikkinchi turiga mansub bo'lib, faqatgina shariat ko'rsatmasiga ko'ra bilanidagan masalalar qatorida turadi” dedi ustoz Kalimulloh Mahmudov.  

So'ngra Sirojiddin Usmon al-O'shiy rahimahullohning “Bad-ul-amoliy” asarida mavzuga doir baytni o'qidi va uning lug'aviy jihatdan so'zma-so'z bayonini tushintirib, qabr va ajdos so'zlarining bir-biridan farqli hamda o'xshash jihatlari ochiqladi.  

Kalom ilmining hanafiy-moturidiylik yo'nalishida mo''tabar sanalgan matnlar: fiqhul akbar, tahoviy matni, aqoid an-nasafiy bahrul kalom kabi asarlardan ham iqtiboslar keltirdi.

Ushbu ochiq darsda bilim yurti mudiri A.Bobamirzayev, o'quv ishlari bo'yicha mudir o'rinbosari S.Madmusayev, o'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i A.Tursunov hamda bilim yurtining tajribali va yosh ustozlari qatnashdilar. 

                                                            

                 Yu.Shodiyev,

O'quv-uslubiy bo'lim

uslubchisi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   6227   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari