Bugun, 1 may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat, taklif va mulohazalarini tingladilar.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar'iy masalalar, masjidlar qurish, imom-xatiblar faoliyati, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi va moddiy yordamga oid masalalar atroflicha o'rganilib, mas'ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
Qabul davomida Namangan, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning echimi bo'yicha amaliy choralar ko'rildi.
Ana shunday qabul jarayonlari O'zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.




O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi ilmiy konferensiyaga start berildi.
Nufuzli tadbirda Malayziya, Indoneziya, Misr, Italiya hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq taniqli olim va ulamolar, musulmon mamlakatlari muftiylari, shuningdek, yurtimizning davlat va jamoat arboblari, yetakchi islomshunos mutaxassislari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati