frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Virtual o'yinlar – manqurtlik vositasi

01.05.2024   7103   4 min.
Virtual o'yinlar – manqurtlik vositasi

 “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak erdan turib yulduzlarga qo'l uzatmak kabidir. Din va e'tiqodi salomat bo'lmagan kishilar haqni botildan foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira olmas, bunday kishilardan na o'ziga va na boshqa kishilarga va na millatga tariqcha foyda yo'qdur”.

Abdulla Avloniy.

 

Virtual o'yinlarga mukkasidan ketish so'nggi yillarda dunyo xalqlarining jiddiy muammolaridan biriga aylanmoqda.

Hozir yoshlar ongiga ta'sir qilib, ular qalbiga o'z buzg'unchi g'oyalarini singdirishni yoki ularni to'g'ri yo'ldan ozdirishni maqsad qilgan kuchlar juda kup. Bu holat oddiy komp'yuter uo'yinlaridan tortib, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa dasturlarida xam ochiq ko'zga tashlanadi.

Virtual olam insonni fikriy qaram etish orqali o'ziga bo'yso'ndirmoqda. Hozir bolalar yoki o'smirlarning internet-kafeni "ikkinchi uyi" ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, onlayn o'yinlarini  uynovchilar xam, asosan, o'smirlar.O'smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy  rivojlanishidagi o'ziga xos davr hisoblanadi. Agar shu davrda o'g'il yoki qiz agressiv ruhdagi onlayn uyinlariga  berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi turgan gap.

Komp'yuter ekranidan turli tajovuzkorona ko'rinishlar, zo'ravonlik va fahsh ishlar ochikqdan-ochiq ko'rsatilishi bolalarning ruhiyatiga salbiy tasir etib, ma'naviy buzuqlikni keltirib chikaradi.

Internet klublarda yoshlar o'ynaydigan virtual o'yinlarning 49 foizi sezilarli darajada zo'ravonlik va yovuzlik ko'rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o'yinlarda esa o'yin qahramoni o'z maqsadiga etishish uchun zuravonlik va yovuzliklardan foydalanadi. Bunday uyinlarni yoshlar ongiga tashlangan olovga qiyoslash mumkin, chunki bu o'yinlar yoshlar ongini zaharlaydi va ularning ma'naviy tarbiyasiga salbiy ta'sir o'tkazadi.

Farzand istiqboli, yorqin kelajagi uchun har bir kishi tarbiya masalasiga jiddiy e'tibor bermog'i zarur. Bola tarbiyani turli komp'yuter o'yinlari, internet va ijtimoiy tarmoqlardan emas, eng avvalo, ota-onalaridan, bobo-momolaridan, ezgulikka, poklikka va dinu diyonatta chaqiruvchi yaxshi kitoblardan olsin. Bola inson zoye qilgan vaqti, yani umrini nimaga sarflagani xususida olamlar Parvardigori oldida javob berishini bilsin.

Payg'ambarimiz Muhammad (sollalloxu alayxi va sallam): "Qiyomat kuni bo'lganda bandaning kadami umrini nima bilan o'tkazib yuborgani, ilmiga qanchalik amal qilgani, molini  qayerdan topib, qayerga sarflagani va jismu jonini nima bilan qaritgani turisida so'ralmaguncha joyidan ko'zgalmaydi", - deganlar.

Virtual o'yinlarining salbiy oqibatlari haqida ommaviy axborot vositalarida bot-bot bong urishsa ham baribir internet-kafelarning doimo yoshlar bilan gavjumligi, u erda o'smirlarning turli o'yinlarga mukkasidan ketayotgani va qimmatli vaqtini behuda o'tkazayotgani dilni xira qiladi. Ayniqsa, bolalarning diqqatini monitordan uzmagan holda bir-biri bilan so'kishib, bir-birini behayo so'zlar bilan haqoratlab gaplashishi internetdan ma'lumot olish uchun kelgan qizlar, ayollarning jiddiy e'tiroziga sabab bo'lmoqda.

Aziz yoshlar, siz buyuk yurt farzandlarisiz! Siz butun dunyo tamadduniga tamal toshi kuygan insonlarning avlodisiz. Uzingizning yosh umringiz va qimmatli vaqtingizni uyin uynab va internetda bexuda utkazmang.Undan kura kitob o'qing, sport bilan shug'ullaning, ota-onangizning uy yumushlariga qarashing. Eng asosiysi,yoshligingizdan bu hayotda o'z o'rningizni topish yo'lini izlab,ajdodlarimizga xos va mos avlodlardan bo'ling.

 

Odiljon Narzullayev

Yangiyo'l tuman “Imom Sulton” jome masjidi imom xatibi

 

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

27.08.2026   12335   1 min.
Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi, 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor, xabar bermoqda Batafsil.uz.
Afv etilgan 852 nafar shaxsdan 604 nafari jazoni to‘liq o‘tashdan ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.
52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroq jazo turiga almashtiriladi. 81 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati esa qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham bor.
Prezident farmonida afv etishga asos sifatida mahkumlarning qilmishiga pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani ko‘rsatilgan.
"O‘zbekiston 24" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon 31 ta afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjatlar jami 10 567 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni qamrab olgan.
Xususan, Prezident Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida ham 392 nafar mahkumni afv etgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari