Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Noyabr, 2026   |   18 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:21
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
28 Noyabr, 2026, 18 Jumadul soni, 1448

Sen Allohni yaxshi ko'rasanmi?

11.10.2023   1339   2 min.
Sen Allohni yaxshi ko'rasanmi?

Men o'zimga tegishli ishlar to'g'risida ochiq oydin yozilgan narsalarni to'liq o'qib chiqdim.

Ha shunday.

Nabiy alayhis-solatu vassalam;

“Kimki bomdod namozini o'qib bo'lgandan keyin masjidda quyosh chiqguncha Allohni zikr qilib o'tirsa. Undan so'ng ikki rakat ishroq namozini o'qisa unga umra va hajning savobi bo'ladi. To'liq to'liq, to'liq”- dedilar.

Ya'ni unga to'liq umra va hajning savobi yoziladi, deb uch marta aytdilar.

Ha, Bomdodni o'qiysiz, keyin Allohni zikr qilib o'tirasiz. Alloh azza va jallani zikr qilishning eng ulug'i Qur'on tilovat qilishdir.

Ha, quyosh chiqguncha shu tarzda o'tirasiz, so'ng quyoshning tafti sezilgach ikki rakat namoz o'qiysiz. Sizga to'liq haj va umraning savobi yoziladi. Undan keyin sizning barcha xato va gunohlaringiz o'chirilib unutib yuboriladi. So'ng Alloh taolo bu gunohlar o'rniga sizni yaxshiliklar bilan ehtirom qiladi.

Ushbu inson bilan biz kabi da'vat qiluvchilar o'zaro yaqin bo'la oladilarmi? Ya'ni biz ham shunday qilishimiz mumkinmi?!

Ko'pchilik kechasi uxlamay bedor bo'lib chiqgani uchun ikki rakat bomdod namozidan keyin-la boshini yostig'iga qo'yib yana uyquga ketadi.

Bu bo'lib turgan voqelik.

Ey do'stlarim! Qoida bor unda shunday deyiladi;

”Kim bir narsani yaxshi ko'rsa o'sha narsani ko'p eslaydi”.

Hoy do'stim! Sen Allohni yaxshi ko'rasanmi yoki yo'qmi?

Agar Alloh taoloni yaxshi ko'rsang Uning zikrini ko'paytirishing lozim!

Agar Uning zikrini qilmaydigan bo'lsang Allohga qasamki sen Uni yaxshi ko'rmas ekansan.

Robbisini tanib keyin Uni yaxshi ko'rmaydigan kishini odam deb bo'ladimi?

Shunday odam topiladimi? Shunday odamni uchratib bo'ladimi?

Allohni taniding. Uning bandasi ekaningni hamda Uning senga ko'rsatgan muruvvatlari va ketma ket berayotgan ne'matlarini bilding. Shunday ekan Uni yaxshi ko'rishing kerak. Yaxshi ko'rsang albatta Uni zikr qilishing lozim.

 Imom Butiyning ushbu video suhbatidan erkin tarjima qilindi.

 Abdulloh G'ulomov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

27.11.2026   25307   2 min.
O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

Ummat birligi yo‘lida:

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

Turkiyada «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusida xalqaro maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ham ishtirok etdi.

Dunyoning 25 dan ortiq mamlakati, jumladan, BAA, Qatar, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Malayziya, Mavritaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Xorvatiya, Bolgariya, Irlandiya hamda MDH davlatlaridan tashrif buyurgan davlat va din arboblari, muftiylar, yetuk islomshunos olimlar qatnashgani anjumanning yuksak mavqeidan dalolat berdi.

Yig‘inda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ham ma’ruza qildi. Nutqda Vatanimiz musulmonlarining yaqin o‘tmishdagi og‘ir sinovli davrlari bilan bugungi farovon kunlari qiyosiy tahlil etildi. Xalqimiz har qanday murakkab sharoitda ham islom diniga muhabbatini saqlab qolgani, ulamolarimiz diniy ilmlarni yashirin tarzda bo‘lsa-da, avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib kelgani ta’kidlandi.

Shuningdek, bugungi kunda Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimizda yangi diniy va ilmiy uyg‘onish davri boshlangani, uning amaliy mevasi sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Fatvo markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar, qisa vaqt ichida bir yarim milliondan ziyod savollarga javoblar berilgani haqida muxtasar aytib o‘tildi.

Ma’ruza ravon, lo‘nda bayon etilgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Darhaqiqat, hikmatli va go‘zal kalom insonlar orasini yaqinlashtiradi. Ayniqsa, ummat birligi yo‘lida so‘zlansa. Zero, Muftiy hazratlari bugungi ummat oldida turgan eng dolzarb masalalar, ularning oqilona yechimlari yuzasidan muhim takliflarni o‘rtaga tashladi. O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun alohida minnatdorlik izhor etilgani ham shunga dalolat qiladi.

Ushbu chiqish yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi yuksak nufuzini yana bir bor namoyon etib, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi ulug‘ ajdodlarimizning munosib izdoshlari bugun ham borligini ko‘rsatdi. Ulamolar yurti bo‘lgan muqaddas zaminimizdan bunday zabardast olimlar yetishib chiqishi, inshaalloh, bardavom bo‘lajak.

Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi
MAQOLA