Shu yil 3 may kuni Tailand Islom markazi Islom va halol iqtisodiyoti xalqaro anjumanini Shayxul islom idorasi va Tailand islom banki bilan hamkorlikda o'tkaziladi.
Anjumanda Bruney, Indoneziya, Malayziya va boshqa qo'shni islomiy va islomiy bo'lmagan mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar, Tailand parlamenti spikeri Van Nur Muhammad Matha va Tailanddagi shayxul islom Arun Bonchom ma'ruza qiladi.
Tadbir bugun, 3 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:30 dan 18:00 gacha Tailand poytaxti “Bangkok”dagi “Inheritance” mehmonxonasida bo'lib o'tadi.
Shuningdek, anjumanni tashkil etishda Tailandning bir qator xususiy va davlat muassasalarning Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasiga (ASYeAN) a'zo davlatlar bilan hamkorlik qilish reja qilingan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.
Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati