O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:00 Anons
01:00 Muftiy hazrat butunjahon madaniyatlararo forumida ishtirok etdilar
01:23 Muftiy hazratlari Eron va Ukraina elchilarini qabul qildilar
01:53 Fuqarolar murojaati doimo e'tiborda
02:27 Yuz yillik tarixga ega “Malik ota” masjidida diniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
02:51 Haj ibodatiga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda
03:24 Mirzaobod tumanida sayyor yig'ilish bo'lib o'tdi
03:45 Til bilimdonlari aniqlandi
04:09 Otinoyi ma'naviyat targ'ibotchisidir
05:00 Kitobsevar talabalar kitob yarmarmasida
05:23 «Usmon mushafi»ni restavratsiya qilish rejalashtirilgan
Istiqlolimizning 35 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirokida Quvasoy shahrida xayriya tadbir o‘tkazildi. Unda 33 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 43 nafar bolajonga esa o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar hadya qilindi.
Tadbirda farzandlar uchun munosib sharoit yaratish ezgulikning eng go‘zal ko‘rinishlaridan biri ekani, bugun yosh avlodning bilimi va kamoli uchun qilingan har bir xayrli amal ertangi kun taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi ta’kidlandi.
Bunday tadbirlar, shuningdek, Buvayda tumanidagi «Katta mahalla» masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etildi. Unda ijtimoiy ko‘makka muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlaridan 70 nafariga maktabda ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari tarqatildi. Bolajonlar mustaqillik bayrami hamda boshlanajak yangi o‘quv yili bilan muborakbod etildi.
Ilm va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar Farg‘ona shahridagi "Xo‘jamberdiboy", So‘x tumanidagi "Sulton Mahmud" masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etilmoqda.
O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati