Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:44
Peshin
12:25
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:19
Bismillah
19 Dekabr, 2025, ,

Zulqa'da oyi muborak bo'lsin! Bu oyda qanday amallar bajariladi?

08.05.2024   11453   2 min.
Zulqa'da oyi muborak bo'lsin! Bu oyda qanday amallar bajariladi?

 Zulqa'da nima degani? Lug'atda “makonga qaytadigan”, “joylanib olinadigan” degan ma'noni anglatadi.

 

Zulqa'da – shahrul harom.

Zulqa'da oyi to'rt harom oylardan biri bo'lib, bu oyda jang va urushlar harom qilingan. (To'rt harom oylar zulqa'da, zulhijja, muharram va rajab). Johiliyat davrida ham bu oyda urush boshlamasdilar. Hatto farzand o'z otasining qotilini ko'rganda ham bu oyning hurmatidan unga biror so'z aytmasdi.

 

Zulqa'da – hijriy taqvimning o'n birinchi oyi. Bu oy shavvoldan keyin va zulhijjadan oldin keladi.

 

Bu yilgi Zulqa'da oyi qachondan boshlanadi?

Bu yil (2024) Zulqa'da oyining birinchi kuni 9 may kunidan boshlanishi kutilmoqda, inshaAlloh.

 

Qur'oni karimda Zulqa'da oyi...

Alloh taolo Qur'oni karimda bunday marhamat qiladi: “Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru erni yaratgan kuni o'n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to'rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to'g'ri dindir. U(oy)larda o'zingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam bo'lib, ular sizga qarshi jam bo'lib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir(Tavba surasi, 36-oyat).

 

Hadisi sharifda Zulqa'da oyi...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, zamon Alloh taolo osmonlar va erni yaratgan paytdagi holiga qaytdi. Bir yil o'n ikki oydir. Ulardan to'rti harom oylardir. Uchtasi birin ketin: zulqa'da, zulhijja va muharram hamda(to'rtinchisi) jumadi (as-soniy) va sha'bon orasidagi muzarning rajabi (bu oyni hurmat qilganlari uchun muzar qabilasining nomi bilan atalgan)”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

 

Bu oyda qanday amallarni bajarish lozim?

Allohdan mag'firat so'rashni, istig'for aytishni ko'paytiring.

Imkon qadar infoq, ehson sadaqa qiling.

Har kuni Mulk surasini o'qing.

Insonlarga zulm qilmang.

G'azabingizni yutishga odatlaning.

Zuho namozini o'qing.

Ko'proq Qur'on tilovat qiling.

Nafl ro'zalarni tuting.

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar

Aravada tavof va sa’y qilish

10.12.2025   6078   1 min.
Aravada tavof va sa’y qilish

Savol: Onam tavofning birinchi aylanasidan keyin kasal bo‘lib qoldi va men qolgan tavof va sa’ylarini aravaga o‘tirgizib qildirdim. Biz jarima to‘laymizmi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yurishga qodir bo‘lgan kishi uchun tavof va sa’yni yurib bajarish vojib sanaladi. Shuning uchun yurishga qodir bo‘la turib, uzrsiz aravada yoki elektromobilda tavof yoki sa’y qilsa, qayta bajarish yoki haram hududida jonliq so‘yishi lozim bo‘ladi. Yurib tavof  qilishga sog‘ligi to‘g‘ri kelmagan shaxslar esa uzrli sanaladi. Bunday uzrli insonlar mazkur ikki amalni arava yoki boshqa jihozlarda bajarishlari mumkin. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.