Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Noyabr, 2026   |   9 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:11
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:19
Bismillah
19 Noyabr, 2026, 9 Jumadul soni, 1448

“Mish-mish” emish (dolzarb mavzu)

10.05.2024   1655   4 min.
“Mish-mish” emish  (dolzarb mavzu)

 

 Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bugungi kunda odamlar orasida birovlarning obro'sini er bilan baravar qilishga undaydigan turli tuman o'rinsiz, asli yo'q mish-mishlar hamma narsadan ham ko'proqqa o'xshaydi. Kimdan eshitding desangiz “odamlar aytishyaptiyu” deyishdan nariga o'tmaydi. Falonchidan eshitdim desa ham baribir oxiri yo'q.

O'rtada gap tarqatguvchilar borki, xuddi folbinlarga gap tashib keluvchi jinlar kabi bir narsaning sal sharpasini eshitib qolsa bo'ldi. Qo'shib-chatib gapni ko'paytiraveradi. Har eshitgan odam ham darhol o'zicha taxminlarini ishga soladi. “Ha, demak, falonchi undoq qilgan, shunda pistonchi ham bundoq qilishga majbur bo'lgan. Men uni bilaman. U o'zi shunaqa odam” qabilidagi gaplar sekin-asta keyingi quloqqa aniq hujjat bo'lib grippdan ham tezroq shitoblik bilan tarqaladi. Natijada bir odamning obro'siga ta'sir qilmay qolmaydi. O'rtada urush-janjalgacha borishi mumkin.

Hikoya. Qadim zamonda bir chol tomorqasini chopayotib ketmonni bir urgan ekan, ketmon nimadir bir narsaga tegib ketgandek bo'libdi. Nima ekan deb shoshilmay erni kovlab ko'rgan ekan, og'zi berkitilgan xum chiqibdi. Humning og'zini ochib qarasa, ne ko'z bilan ko'rsinki, to'la oltin ekan! Quvonchini ichiga sig'dira olmagan chol birdan “Ho-xo”lab baqirib kulib yuboribdi. Shunchalik qattiq kulibdiki, anchagina naridagi kampiri ham eshitib o'sha yoqdan etib kelibdi. Ammo chol kampir kelguncha xumni yashirishga ulguribdi. Kampir kelib:

  ‒ Ha, chol! Namuncha baqirib kulyapsiz? ‒ deb so'rabdi.

  ‒ Shu desang, ketmonni bir urgan edim erning tagidan bitta qarg'a chiqib uchib ketsa bo'ladimi?! Shunga o'zimni to'xtata olmay kulib yubordim, ‒ depti chol.

  Kampir ham ichida gap yotmaydigan ekan, zudlik bilan borib qo'shni xotinni chaqiribdi:

  ‒ Hoy qo'shni, cholim tomorqa chopayotib ketmonni bir urgan ekan, erning tagidan ikkita qarg'a chiqib uchib ketibdi!

  O'z navbatida qo'shni ham narigi qo'shnini chaqiribdi:

  ‒ Hoy qo'shni, falonchining choli tomorqa chopayotib ketmonni bir urgan ekan, erning tagidan uchta qarg'a chiqib uchib ketibdi!

  Gap shunchalik tez tarqbdiki, oxiri podshohning qulog'iga etib borguncha besh yuzta qarg'a bo'libdi. Podshoh cholni chaqirtiribdi:

  ‒ Bu nim gap, shunchalik ham ahmoqona gap tarqatasanmi!? Do'q qilibdi shoh.

  ‒ Olampanoh, bir qoshiq qonimdan keching, ‒ deb chol bo'lgan gapni aytib, podshohning oldiga xumdagi oltinni qo'yibidi.

  ‒ Unday bo'lsa nega qarg'a chiqdi deding? ‒ so'rabdi podshoh.

  ‒ Agar bir xum oltin chiqdi desam, gap Sizga etib kelguncha besh yuz xum oltin bo'lib kelsa, mendan qolgan to'rt yuz to'qson to'qqizta xumni so'rab qolishingizdan qo'rqib shunday qildim, ‒ degan ekan chol.

  Cholning zakovatiga qoyil qolgan shoh xumdagi oltinlarning hammasini cholning o'ziga qaytarib bergan ekan.

 

Ulug'bek qori YO'LDOShYeV,

Asaka tumanidagi “Muhammadsolih hoji” jome masjidi xodimi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqanddagi anjuman samarasi: Vaqf sohasida muhim xalqaro kelishuvlar imzolandi

19.11.2026   4098   1 min.
Samarqanddagi anjuman samarasi: Vaqf sohasida muhim xalqaro kelishuvlar imzolandi

Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand yana xayrli tashabbuslar va samarali hamkorlik maydoniga aylandi. Shu yil 18 noyabr kuni buyuk muhaddis Imom Buxoriy majmuasida o‘tgan XIV «Global Waqf» xalqaro anjumani doirasida vaqf tizimini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim uchrashuvlar va rasmiy kelishuvlar amalga oshirildi.

Muzokaralarning eng muhim natijasi sifatida «Vaqf» xayriya jamoat fondi, Malayziyaning Xalqaro Vaqf Faoliyati Kengashi (iWAQF) hamda Malayziya Xalqaro Islom Universiteti (IIUM) o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat vaqf sohasida ta’lim va ilmiy-amaliy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, maxsus o‘quv modullarini yaratish va malakali kadrlar tayyorlashga keng yo‘l ochadi.

Shu bilan birga, Zayniddin domla Eshonqulov Birlashgan Arab Amirliklarining Islom ishlari, vaqflar va zakot bo‘yicha Bosh vakolatli organi delegatsiyasi hamda Turkiya Diyonat vaqfi vakili Salmon Oqtosh bilan ikki tomonlama muloqotlar o‘tkazdi. Samimiy uchrashuvlarda vaqf mulklarini zamonaviy usullarda samarali boshqarish, xayriya faoliyatini takomillashtirish va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan aniq fikr almashildi.

Xalqaro muloqotlar ahamiyatiga to‘xtalgan Malayziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Arhan Shoh Anvar ilgari Malayziya, Turkiya va Marokashda o‘tkazilgan ushbu konferensiya bu gal Samarqandda tashkil etilganidan mamnunligini bildirdi. U Prezident farmoni bilan yurtimizda islom moliyasi joriy etilayotgan davrda mazkur anjuman ikki hafta avval o‘tgan Samarqand islom moliyasi konferensiyasining mantiqiy davomi ekanini, xorijiy tajriba almashinuvi esa ummat ravnaqi va O‘zbekiston manfaatlariga xizmat qilishini e’tirof etdi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar esdalik sovg‘alari almashib, xorijiy delegatsiyalar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildilar hamda buyuk muhaddisning ilmiy-ma’naviy merosi va majmuadagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari