Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da'vat va hidoyat vazirligi O'zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligiga brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qur'oni Karim kitoblarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Texnik-hamkorlik va grantlar asosida qabul qilingan ushbu muborak kitoblar O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyatiga taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Mazkur beg'araz yordam shaklida berilgan kitoblar 15 ming AQSh dollariga teng.
Brayl alifbosidagi ushbu muqaddas Qur'on kitoblari tez kunlarda O'zbekistonga etkaziladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.
Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati