Malayziya davlat teleradiokompaniyasining “TV Okey” telekanali ushbu mamlakatda, shuningdek, Singapur, Tailand, Shimoliy Indoneziya va Filippinda efirga uzatiladigan ommaviy madaniyat va ko'ngilochar segmentida mashhurdir.
Turizm qo'mitasi O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda telekanal buyurtmasiga ko'ra “Sulalatus Salatin Sdn Bhd” media kompaniyasi ijodiy jamoasining O'zbekistonga bir haftalik tashrifini tashkil qildi.
Tashrifdan ko'zlangan maqsad – O'zbekistonning turizm salohiyati, madaniy va tarixiy merosiga bag'ishlangan teledasturlar doirasida olti qismdan iborat Malayziyada qiziqarli media-kontentni tayyorlash va namoyish etishdan iborat.
Teleko'rsatuvlar ikki qismdan iborat bo'ladi. Birinchisi Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari va Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanining madaniy merosi, turizm infratuzilmasi va tabiiy resurslariga bag'ishlanadi. Ikkinchisi, mamlakatning gastronomik va agroturizm salohiyatidir. Tasvirga olish ishlari Toshkent shahridagi Chorsu, Samarqanddagi Siyob va boshqa joylarda milliy taomlar restoranlari hamda bozorlarida tashkil etildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Cafarga chiquvchilarning haqqiga duo qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan sanaladi. U zot alayhissalom:
أَسْتَوْدِعُ اللهَ دِيْنَكَ وَأَمَانَتَكَ وَخَوَاتِيمَ عَمَلِكَ
“Astavdi’ulloha diynaka va amaanataka va xavotiyma amalika”, deb sahobalarni safarga kuzatar edilar.
Ma’nosi: “Diningizni, omonatingizni va amallaringiz xotimasini Allohga topshiraman”.
Hojilarni kuzatishda quyidagi duolarni qilish tavsiya etiladi:
1. Allohim, hojilarning safarlarini oson qilgin. Ularni Senga topshirdik.
2. Allohim, hojilarni safarlari davomida har qanday balo va yomonliklardan asragin hamda oilalari bag‘riga sog‘-salomat qaytargin.
3. Allohim, hojilarning duo, ibodatlarini va qalblaridagi barcha shar’iy niyat hamda maqsadlarini ijobat etgin. Gunohlarini mag‘firat, tavbalarini qabul qilgin.
4. Allohim, hojilarning ibodatlarini O‘zing uchun xolis qilingan amallar qatorida qabul aylagin.
Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!
Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohlaringiz mag‘fur bo‘lsin!
Davron NURMUHAMMAD