Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Noyabr, 2026   |   9 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:11
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:19
Bismillah
19 Noyabr, 2026, 9 Jumadul soni, 1448

16.05.2024   1196   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Yangi O‘zbekiston fenomeni»ning 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman-taqdimot boshlandi

19.11.2026   769   1 min.
«Yangi O‘zbekiston fenomeni»ning 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman-taqdimot boshlandi

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti Ammon shahrida «Yangi O‘zbekiston fenomeni»ning 10 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro anjuman-taqdimot o‘z ishini boshladi. Mazkur ma’rifiy tadbirda podshohlikning taniqli davlat va din arboblari, ulamolar, ilm-fan namoyandalari, akademik doira vakillari hamda keng jamoatchilik a’zolari ishtirok etmoqda.  

Anjuman doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan strategik siyosati va ezgu islohotlarining tub mohiyatini arab dunyosi afkor ommasiga keng tanitish maqsadida arab tiliga tarjima qilinib, yuksak sifatda nashr etilgan muhim asarlar va kitob-albomlar taqdimoti o‘tkazildi.  

Xususan, ishtirokchilar e’tiboriga Davlatimiz Rahbarining «Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston», «Vatan va xalq haqida o‘ylar», «Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik» kabi fundamental asarlari, shuningdek, yurtimizdagi diniy-ma’rifiy yangilanishlar solnomasi, Yangi O‘zbekiston yutuqlari va insonparvarlik qadriyatlari aks etgan jami 10 nomdagi asar va kitob-albomlar havola etildi.  

Marosimda so‘z olgan Iordaniyaning diniy-ma’rifiy va ilmiy doiralari vakillari ushbu nashrlar arab kitobxonlariga O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, ilm-fan va islom ma’rifatini keng yoyish, jamiyatda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlar mohiyatini teran anglash imkonini berishini qayd etdilar.

Ular ushbu ezgu tashabbusni Movarounnahr va Shom o‘lkalari o‘rtasidagi azaliy ilmiy-ma’naviy rishtalarni yangi bosqichga olib chiquvchi muhim qadam sifatida e’tirof etdilar.

Bundan tashqari, tadbir doirasida Ammon shahridagi podshohlik milliy kutubxonalari va yetakchi oliy o‘quv yurtlarida «Yangi O‘zbekiston kitob burchaklari» tashkil etilib, ularning ilmiy fondlariga arab tilida chop etilgan ushbu qimmatli kitoblar to‘plami topshirilgani mezbon tomon vakillari tomonidan alohida mamnuniyat bilan kutib olindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari