O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nodir Turg'unov “Saudi International Travel Company - Saudiya Arabistoni xalqaro sayyohlik kompaniyasi” menejeri Abdulaziz Sulaymon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Uchrashuvda O'zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o'rtasida turizm, ta'lim va qishloq xo'jaligi sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, O'zbekistonga saudiyalik sayyohlar oqimini ko'paytirish masalasi muhokama qilindi.
Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik izchil va samarali rivojlanib borayotgani, barcha darajadagi tashriflar almashinuvi ko'payib, turli qo'shma tadbirlar o'tkazilayotgani ta'kidlandi.
Saudiya kompaniyasi menejeri O'zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini, bu borada O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdor ekanini alohida ta'kidladi.
Saudiya xalqaro sayyohlik kompaniyasi Yevropaning ko'plab davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygani, muntazam ravishda videokonferentsiya orqali uchrashuvlar, tashriflar almashinuvi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar olib borilayotgani ta'kidlandi.
Saudiya tomoniga O'zbekistonning boy sayyohlik salohiyati, bu borada ishlab chiqilayotgan yangi istiqbolli sarmoyaviy loyihalar, sayyohlik joylari haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha muzokaralar tashkil etish va ikki davlat manfaatdor idoralari va sayyohlik kompaniyalari o'rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish bo'yicha ham kelishuvga erishildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
#KUN_IMOMI
Yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun sarflangan mablag‘ kelajakka yotqizilgan sarmoyadir. O‘quvchilarning ta’lim olishlariga shart-sharoit yaratib berishning savobi ulug‘.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi rahbariyati tashabbusi bilan 2025 yil 18 avgust kuni poytaxtimizning Yangi hayot tumanidagi «Niyozmat ota» jome masjidi imom-xatibi homiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmand oilalarning 30 nafar o‘quvchi-yoshlariga qiymati 500.000 so‘m, jami 15 million so‘mlik zarur kiyim-kechak, o‘quv qurollari va maktab sumkalari hadya qildi.
Sovg‘alarni olgan bolalarning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rgan kishining kelajakka ishonchi yanada oshishi tayin.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin.
O‘quvchilarning o‘qishlariga muvafaqiyatlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati