Mening 14 yildan beri farzandlarim bilan har haftada takrorlaydigan bir mashg'ulotim bor. Shu mashg'ulot tufayli biz bir-birimizni yaxshiroq tushunadigan, ko'proq mehr qo'yadigan bo'lganmiz. Shu sababli sakinat va xotirjamlikda yashaymiz. Men uni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadislaridan o'rganganman: “Kim Kahf surasini juma kuni qiroat qilsa, unga ikki juma orasicha nur ziyo sochadi”.
Bu hadisga amal qilishni farzandlarim go'daklik chog'laridanoq boshlaganman. Ularni to'plab har birlariga shirinlik hadya qilar va Kahf surasini o'qib berar edim. Ular meni diqqat bilan tinglashardi. Keyin ularni birma-bir maqtab, duo qilib qo'yar edim. Kunlar o'tib farzandlarim ulg'ayishdi. Kahf surasini yodlab ham olishdi. Har juma kungi qiroat qiladigan mahalimiz barchamiz uchun muhim bir vaqtga aylandi. Hech kim kelmasdan qolmasdi. Shu tarzda bir-birimizga bo'lgan o'zaro mehr-muhabbatimiz mustahkamlanib, qalbimiz nurga to'lardi. Ushbu nur keyingi qiroat mahalimizgacha bizni yaxshilikka chorlardi.
Abdulloh Muhammad Abdulmu'tiyning "Mehr oyi" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Hikmatulloh Ro'zaliyev tarjimasi.
Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi ilmiy konferensiyaga start berildi.
Nufuzli tadbirda Malayziya, Indoneziya, Misr, Italiya hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq taniqli olim va ulamolar, musulmon mamlakatlari muftiylari, shuningdek, yurtimizning davlat va jamoat arboblari, yetakchi islomshunos mutaxassislari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati