O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:00 Anons
01:01 Malayziyaliklar bilan «Umra plyus» loyihasi amalga oshiriladi
01:27 “Haj – 2024” ishchi guruhi jamoalariga ulkan mas'uliyat yuklandi
02:07 Joriy yilda haj kvotasi 15 000 etib belgilandi
02:37 Mas'uliyat ostonasi va din xizmatidagi ulamo ehtiromi
03:18 “Yagona olimpiada–2024” g'olibi oliy diniy ta'lim muassasasi talabasi bo'ldi
04:08 Eng yaxshi tafsir o'qituvchisi haj yo'llanmasi bilan taqdirlandi
04:47 Hajga oid savol-javoblar uchun koll-markaz va telegram bot ishga tushdi
05:21 Muftiy hazratlarining kitoblari taqdimoti o'tkazildi
06:03 Haj safari boshlandi
06:38 Ziyoratchilarimiz Madina shahrida hurmat bilan kutib olindi
07:22 100 nafar yurtdoshimiz ishtirokida diniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
✅ O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.
Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.
Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.
Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati